calendar 13 Jan 20:40
eye 87
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Xalqlar do‘stligi” saroyida Vatan himoyachilari kuni tantanali nishonlandi

image
Poytaxtimizdagi 'Xalqlar do'stligi' san'at saroyida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14-yanvar ' Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan tantanali bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda senatorlar, deputatlar, hukumat a'zolari, harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.



Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'

Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbanov davlatimiz rahbarining O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yo'llagan bayram tabrigini o'qib eshittirdi.

Darhaqiqat, ushbu shodiyonalar oldidan Prezidentimiz farmoyishiga asosan mamlakatimiz bo'ylab 'Yangi O'zbekiston armiyasi ' mamlakat qudrati, yuksak g'urur va sadoqat timsolidir!' degan ustuvor g'oya ostida vatanparvarlik oyligi tadbirlari o'tkazildi.



Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'

Ushbu ommaviy tadbirning 14-yanvar ' Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida o'tkazilishida ham juda katta ma'no bor. Vatan himoyachilari sizu bizning tinch, xotirjam va farovon hayotimizni ishonchli himoya qilib kelmoqda. Mas'uliyatli va sharafli burchini sidqidildan ado etayotgan, hayotimizning barqarorligiga kamarbasta bo'layotgan navqiron o'g'lonlarimizni har qancha e'zozlasak ham kam.

Bayram tadbirida harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar san'at elementlarini o'zida jamlagan va Qurolli Kuchlar qudratini namoyish etuvchi, vatanparvarlik ruhi bilan yo'g'rilgan ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Xushovoz xonandalar, taniqli san'atkorlar, harbiy orkestr, badiiy va havaskorlik jamoalari ijrosidagi ona Vatanni ulug'lovchi kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.



Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'



Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'



Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'



Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'



Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'



Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'



Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'



Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'



Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'



Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'



Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'



Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'



Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'



Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'



Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'



Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'



Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'



Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'



Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'



Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'



Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'



Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'



Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'



Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'



Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'



Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'



Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'

'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
20
0
xs.uz

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlariga oid muhim Qonun qabul qilindi

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlari kuchaytiriladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Unga koʻra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi normalar mavjud boʻladi.Shuningdek, tadbirkorlik

09 Oct 12:39
 
7
0
xs.uz

Sirdaryoda 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etdi

Sirdaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy koʻrib chiqildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.Qayd etilishicha, viloyatda 2023-yilda jami 324 ta, 2024-yilning 8 oyida esa 216 ta korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etil. Yigʻilishda mahalliy hokimliklar mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya holatlariga alohida eʼtibor qaratildi.'2023-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning 21 tasi (3

09 Oct 12:39
 
16
0
xs.uz

Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi

'Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturi doirasida quyidagilar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuriti

09 Oct 12:39
 
19
0
xs.uz

Choʻlponni yod etib...

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijonlik bir guruh ijodkorlar Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon tavalludining 126-yilligi munosabati bilan uning Andijon shahridagi uy muzeyida boʻldi. Bu yerda shoirning hayoti va ijodiga bagʻishlangan eksponatlar bilan tanishdi.' Muzeyda Choʻlponning qalamiga mansub boʻlgan asarlarning haqiqiy qoʻlyozmasidan tortib uning qatl etilishiga doir rasmiy hujjatlarning nusxalarigacha oʻrin olgan, ' deydi Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasining Andij