Tadbirda mustaqillik yillarida mamlakatimizda harbiy-siyosiy sohada amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida respublikamiz xavfsizligi va tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga qodir, mutlaqo yangi Milliy armiya vujudga kelgani, qoʻshinlarning shayligi, jangovar qobiliyati haqida soʻz yuritildi.
' Ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad eng chekka hududlarda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz qalbida Vatan himoyasi ishonchli qoʻllarda ekanligini namoyish etishga qaratildi, ' deydi harbiy xizmatchi Nodirbek Boboyev. ' Shuningdek, yoshlarda vatanparvarlik tuygʻularini kamol toptirish, shu maqsadda ular oldida turgan vazifalar tushuntirib oʻtildi.
Tadbirda faxriy qorovul qoʻshinlarining jangovar saf yurishlari hamda qoʻl jangidan mohirlik va epchillik namoyishi yoshlar qalbida harbiy burchlarini oʻtash hissini uygʻotgan boʻlsa, harbiy orkestr jamoasi ijrosidagi musiqa va qoʻshiqlar yigʻilganlarga xush kayfiyat baxsh etdi.
Bayram munosabati bilan Karmana tumanining 'Yangi Oʻzbekiston' massivida' esa 28 nafar harbiy oilasiga yangi uy-joylarning kaliti topshirildi. Shu munosabat bilan uyushtirilgan tantanada soʻz olganlar, Qurolli kuchlarimizni zamonaviy qurol-aslahalar bilan taʼminlash, harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini oshirish barobarida ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularni uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlashdi.
' Turmush oʻrtogʻim yigirma yildan buyon harbiy xizmatda, ' deydi Dilrabo Joʻrayeva. ' Olti nafar farzandimiz bor. Shu paytga qadar Qashqadaryoda, Buxoroda xizmat paytida ijarada yashab kelgan edik. Bugun mana uch xonali kvartiraning kalitini olishimiz kutilmagan sovgʻa boʻldi.
Bayram tadbirlari viloyatning turli korxona va tashkilotlari, mahallalarida davom etmoqda.
Temur ESHBOYEV, 'Xalq soʻzi'.
Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi
Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga
Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp — Shavkat Mirziyoyev
Soʻnggi yetti yilda bogʻchalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bogʻchalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp. Bogʻchalar nafaqat tarbiya, balki bolada taʼlim olish uchun ilk koʻnikmalarni shakllantiradigan maskanga aylani
Yoʻl harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari qachondan kuchga kiradi?
Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini baholashda yangi tizim joriy etildi. Hukumatning 2025-yil 6-maydagi 296-sonli qarori bilan 'Yoʻl harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi toʻgʻrisida'gi nizom tasdiqlandi.Unga koʻra, transport vositasini boshqarish paytida yoʻl harakati qoidalarini buzganlik holatlari endi jarima ballari orqali baholanadi. Shuningdek, ballarni hisoblash, ular boʻyicha murojaat qilish va koʻrib chiqish tartibi aniq belgilandi.Nizomga asosan, jar
Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi
'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na