Fargʻonada davlat xizmatchilari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda

Filial rahbari oʻrinbosari Ahadjon Akbarovning qayd etishicha, tibbiy koʻrik jarayonida viloyatdagi barcha davlat tashkilotlari xodimlari qamrab olinadi. Zero, Oʻzbekiston Respublikasining 'Davlat fuqarolik xizmat toʻgʻrisida'gi Qonunning 53-moddasida davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish maqsadida sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilishi alohida kafolatlab qoʻyilgan.
Aytish joiz, Fargʻona viloyatida davlat fuqarolik xizmati tizimiga 70 ga yaqin boshqarma va tashkilotda hamda mahalliy davlat hokimliklar apparatida mehnat qilayotgan 48 ming nafar xodim kiradi. Ularning 2 ming nafari rahbar, 46 ming nafari mutaxassis hisoblanadi.
Shu kunlarda Fargʻona viloyati hokimligi, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilotlar hamda tuman va shahar hokimliklarida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlari tashkil etilmoqda.
Oylik doirasida Oʻzbekiston tumani hokimligi xodimlari ham tumandagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Aniqlangan kasalliklarni davolash, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyish boʻyicha shifokorlar tomonidan amaliy tavsiyalar berildi.
' Bugun tibbiy koʻrikdan oʻtib, sogʻligim borasida xotirjam boʻldim, ' deydi Oʻzbekiston tumani hokimligi mutaxassisi Faxriddin Akbarov. ' Shuningdek, ruhiy zoʻriqish, surunkali charchash holatlaridan saqlanish, toʻgʻri ovqatlanish, ish va dam olish meʼyoriga rioya etish yuzasidan tibbiy maslahatlar oldim. Madaniy hordiq, piyoda sayr qilish sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda gʻoyatda muhim ekanligini tushunib yetdim.
Botir MADIYOROV, 'Xalq soʻzi'.
Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik
Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202
Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,
Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi
Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland