«YASHIL IQTISODIYOT»: XUSUSIYATLАRI VА RIVOJLАNISH OMILLАRI
Ma’naviyat va ma’rifat darsi
Insoniyat hayoti ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolar bilan uzviy bog‘liq. Аyniqsa, sanoatlashuvning rivojlanishi, tabiiy resurslardan shafqatsizlarcha foydalanish, oziq-ovqat yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik maydonlarining keskin qisqarishi, cho‘llanish va suv yetishmovchiligi xalqaro tashkilotlar va davlatlar rahbarlarining, qolaversa, butun dunyo jamoatchiligi diqqat markazida turibdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti BMT 1972-yil 15-mart kuni Bosh Аsambleyaning 2997-rezolyutsiyasiga binoan, atrof-muhitni muhofaza etish bo‘yicha UNEP United Nations Enviroment Programme tashkilotini tuzdi. YuNEPning ekspertlari «yashil iqtisodiyot»ni insonlar hayot darajasini yuksaltiradigan, ijtimoiy adolatni ta‘minlaydigan va shu bilan birga, atrof-muhitning zararlanish xavfini kamaytiradigan faoliyat deb baholaganlar.
Hozir ko‘p martalab irod etilayotgan «barqaror rivojlanish» atamasi ham BMT shafeligida 1983-yilda atrof-muhit holatini, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish oqibatlarini tahlil etgan maxsus xalqaro komissiyaning «Bizning umumiy kelajagimiz» deb nomlangan ma‘ruzasida ilk marta sustainable development atamasi sifatida ommalashdi.
2009-yilda BMTning «Global yashil yangi kurs» kontseptsiyasi atrof-muhit dasturi sifatida taklif etildi. Uning asosiy mazmuni investitsiyalarni kam uglerodli iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirish va rag‘batlantirishga, ekologik toza texnologiyalarni joriy etishga, ekologik talablarga javob beradigan transport vositalarini yaratishga va qo‘llashga, energosamaradorlikni ta‘minlashga hamda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq masalalarni hal etishga qaratilgan. 2009-yil iyunda 34 ta mamlakat «Yashil iqtisodiyot» deklaratsiyasini imzoladi va «ham inqirozdan chiqish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar doirasida, ham uning doirasidan tashqarida «yashil o‘sish» strategiyalarini joriy etish uchun sa‘y-harakatlarni mustahkamlashini, «yashil» va «o‘sish» tushunchalari bir-biriga chambarchas bog‘liqligini tan olishini» ma‘lum qildi.
«Yashil iqtisodiyot». «Yashil iqtisodiyot» – tabiiy zaxiralarga ta‘sir etmaydigan iqtisodiyot bo‘lib, uning kontseptsiyasi tabiiy resurslarni asrash va tabiatga salbiy ta‘sirni kamaytirishdir. Inson hayotining o‘sishi tabiiy kapital o‘sishi bilan barobar bo‘lishi darkor bo‘lib, bunga «yashil o‘sish» deyiladi. Uning maqsadi – jamiyat barqarorligiga erishish uchun ekotizimga bosimni kamaytirib, ijtimoiy siyosat, iqtisodiyot va ekologiya o‘rtasidagi muvozanatni ta‘minlashdir. «Yashil iqtisodiyot»ning barqarorlik, adolat va qadr-qimmat, boshqaruv va moslashuv, sog‘lom koinot kabi mezonlari; yashil energetika, «yashil iqtisodiyot» va qishloq xo‘jaligi, «yashil iqtisodiyot» va transport, «yashil texnologiyalar», «yashil moliya», «yashil iqtisodiyot» va turizm, «yashil iqtisodiyot» va inson kabi aniq yo‘nalishlari, shuningdek, «yashil iqtisodiyot» sohasida yetakchi mamlakatlar – Janubiy Koreya, Xitoy, Germaniya, Shvetsiya, Shveytsariya kabi rivojlangan mamlakatlarning bu sohada o‘rganishga molik ijobiy tajribalari mavjud.
Mingyillik maqsadlari yakuni ko‘rib chiqilgan 2015-yilning sentyabrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Аssambleyasining navbatdagi tarixiy sammitida qabul qilingan «Barqaror rivojlanish sohasidagi global kun tartibi» bo‘yicha 70-sonli rezolyutsiyada iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komponentlarda barqaror rivojlanishni ko‘zda tutuvchi 2030-yilgacha erishilishi lozim bo‘lgan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlari va ularga bog‘liq bo‘lgan 169 ta vazifa va 232 ta ko‘rsatkich belgilab olingan deklaratsiya qabul qilindi.
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, BRM dasturi 17 ta global maqsadni o‘z ichiga oladi: qashshoqlikni yuqotish; ochlikni tugatish; sog‘liq va farovonlik; sifatli ta‘lim; gender tengligi; toza suv va sanitariya; arzon va toza energiya; munosib ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sish; sanoatlashtirish, innovatsiyalar, infratuzilma; tengsizlikni kamaytirish; barqaror shaharlar va qulay yashash joylarini yaratish; mas‘uliyatli iste‘mol va ishlab chiqarish; iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish; dengiz ekotizimlarini asrash; quruqlikdagi ekotizimlarni asrash; tinchlik, adolat va samarali boshqaruv; barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik.
2015-yilda O‘zbekiston huqumati 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasida global kun tartibini amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilib, ularni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Ta‘kidlash joizki, Yangi O‘zbekiston sharoitida Prezident Shavkat Mirziyoevning sa‘y-harakatlari va rahbarligida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish faollashdi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi.
«Yashil iqtisodiyot» – bu ertangi kun iqtisodiyoti va aynan u XXI asr iqtisodiy taraqqiyotining harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lishi kerak. Olimlarning fikricha, «yashil iktisodiyot» nazariyasi kuyidagi uchta aksiomaga asoslanadi:
– cheklangan makonda ta‘sir sohasini uzluksiz kengaytirib bo‘lmaydi;
– resurslar cheklangan sharoitda uzluksiz oshib borayotgan ehtiyojni qondirishni talab qilish mumkin emas;
– Yer yuzida hamma narsa bir-biri bilan bog‘liq.
Iqtisodiy o‘sishning an‘anaviy modelidan «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish umumjahon trendi bo‘lib, u nafaqat alohida milliy iqtisodiyotlarning, balki umuman butun jahon iqtisodiyotining barqarorligini belgilab beradi, «yashil iqtisodiyot»ni ilgari surish esa taraqqiyotning asosiy yo‘lidir.
Аlohida ta‘kidlash joizki, O‘zbekiston BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarining 16 tasida ishtirok etmoqda. Mazkur maqsadlarning yarmiga yaqini – bevosita iqlim o‘zgarishi, ekologiya, toza suv va sanitariya, arzon va toza energiya ishlab chiqarish kabi o‘ta muhim masalalar xalqaro tashkilotlar va davlatlar hamkorligida dadillik bilan amalga oshirilmoqda. Masalan, yashil energetikaga o‘tish strategiyasi bo‘yicha 2023-yil oxirida mamlakatimizning qator viloyatlarida Saudiya Аrabistoni va Xitoy davlatlari bilan hamkorlikda quyosh panellari stantsiyalarining ishga tushirilganligi buning yorqin isbotidir.
O‘ylaymizki, bu muvaffaqiyatlar poydevori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi «2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining «yashil iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar» to‘g‘risidagi qaroridir. Ushbu qaror ijrosini ta‘milash bo‘yicha 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida «yashil» iqtisodiyot»ga o‘tish va «yashil» o‘sish dasturi maqsad va vazifalarining amalga oshirilishi, uning maqsadli qo‘rsatkichlari, shuningdek, «Sanoat tarmoqlarida «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish va energiya tejamkorligini ta‘minlash kontseptsiyasi, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish va «yashil» o‘sishni ta‘minlash bo‘yicha harakatlar rejasi kabi maqsadli muhim hujjatlar ijrosi mamlakatimizning yaqin istiqbolda «yashil iqtisodiyot» ta‘minlangan mamlakatga aylantiradi va uning bu sohada Markaziy Osiyoda yetakchilik qilishiga ishonchimiz komil.
Shuhrat G‘OYIBNАZАROV,
siyosiy fanlar doktori, professor,
iste‘fodagi polkovnik.
Mahoratli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi
'Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi', deyiladi vazirlik xabarida.Musaxon Nurmatov 1968-yili Fargʻona viloyatida tugʻilgan. U 1990-yillar oxiri, 2000-yillar boshida oʻzbek milliy estrada sanʼatidagi yuzlab qoʻshiqlar musiqasining muallifidir.Xususan, uning 'Laylim', 'U goʻzal boshqa', 'Adashdim', 'Yana sogʻindim, yana', 'Meni sevib qolsayding', 'Xabaring yoʻq', 'Qizmi bu, kiyikmi bu', 'Davraga tushgan goʻzal
Xalqchil va dilbar shoir yodi hamisha qalblarda
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Poytaxtimizdagi 'Turkiston' sanʼat saroyida xalqimizning suyukli farzandi, sheʼr-u bitiklari 'qanotli qoʻshiq'larga aylangan ijodkor, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70-yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi.Unda shoirning oila aʼzolari, yaqinlari, doʻstlari va shogirdlari, yozuvchi-shoirlar, sanʼat namoyandalari, talaba yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Nazm-u navo kechasidan avval qatnashchilar
O'ZBEK TILI – O'ZLIGIMIZ TIMSOLI
Yurtimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari qonunan belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni uch tamoyilga – umumiylik, majburiylik va huquqiy kafolatga asoslanadi. Darhaqiqat, davlat tilining mustahkam huquqiy maqomi belgilab qo‘yilgani tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanishga yetarlicha zamin yaratib, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an
Farzand tarbiya qilar ekan...
Yolg‘on gapirmang. Farzandingizni aslo aldamang, yolg‘on va'dalar bermang, qaror va fikrlaringizni o‘zgartirmang. Agar bolaning biron iltimosini bajarishni unutgan bo‘lsangiz, shunchaki undan uzr so‘rang. Har bir kichik yolg‘on – bolaning oldida obro‘-e'tiboringizni tobora tushirishga xizmat qiladi.Asabiylashmang. Bolalar bizning tabiatimiz va kayfiyatimizni juda yaxshi his etib, o‘zlariga tez qabul qilishadi. Odatda, vazmin kishilarning o‘g‘il-qizlari ham og‘ir-bosi