calendar 12 Jan 18:50
eye 132
comments 0
comments Manba: xs.uz

Chiroqchida chinni choynak-piyolalar ishlab chiqarilmoqda

image
Yaqinda 'Anhor usti' oilaviy korxonasi rahbari Sobir Xonaliyevning tashabbusi bilan tumanda yana bir yangi loyiha ' chinni buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Tashabbuskor tomonidan sarflangan 1 milliard 200 million soʻm sarmoya evaziga barpo etilgan korxonada yiliga 50 ming dona chinni buyumlar ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.



' Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak eʼtibor ushbu loyihani roʻyobga chiqarishimizga zamin hozirladi, ' deydi tadbirkor. ' Shunday tashabbus bilan tuman hokimligiga murojaat qilganimizda, ishlab chiqarish majmuasini qurish uchun tumanning Mustaqillik mahallasi hududidagi kichik sanoat zonasidan yer maydoni ajratib berdi. Natijada bu yerda oʻz korxonamizni bunyod etib, ishlab chiqarishni boshlab yubordik.

Ayni paytda korxonada choynak, piyola, kosa va likopcha kabi 4 turdagi chinni buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Bu faoliyat ortidan esa hududdagi 10 nafar fuqaroning doimiy ish bilan bandligi taʼminlangan.

Tadbirkorning aytishicha, tez orada korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi ham, ishchilar soni ham yanada oshadi.



' Hozir ishlab chiqarayotgan mahsulotimizni ichki bozorga yetkazib berishni boshladik, ' deydi Sobir Xonaliyev. ' Mahsulotlarimiz oʻzining sifati va narxi bilan xaridorlarga manzur boʻlmoqda. Bu esa bizni faoliyatni yanada kengaytirishga undayapti. Hozir 4 turdagi chinni buyumlar ishlab chiqarayotgan boʻlsak, ikkinchi bosqichda mahsulot turi 8 taga koʻpayadi. Keyinchalik ish koʻlami yanada kengayib, Chiroqchi chinni buyumlari yurtimiz va xorij bozorlarida oʻz nufuziga ega boʻladi.

Jahongir BOYMURODOV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
31
0
xs.uz

Bizning uchrashuvimiz jadal va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan global jarayonlar sharoitida o‘tmoqda – Shavkat Mirziyoyev

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Hurmatli xonimlar va janoblar!Sizlarni 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi sammitida qutlashdan g'oyat mamnunman.''Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta Janobi Oliylariga, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen Xonim Oliyalariga, mening barcha hamkasblarim ' mintaqa mamlakatlari yetakchilariga sammitni aynan shu zaminda, qadimiy Samarqand shahrida o'tkazish borasidagi tashabbusimizni qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildira

21 Apr 08:34
 
28
0
xs.uz

Qurilish sohasini tartibga solish va shaharsozlik qoidalarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo'mitasi majlisi bo'lib o'tdi. Unda qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog'ini rivojlantirish, shaharsozlik normalari va qoidalarini muntazam yangilab borish masalalari atroflicha muhokama qilindi.Qo'mitaning ishchi guruhi tomonidan sohadagi amaldagi qonunchilik hujjatlari tahlil qilinib, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribasi o'rganildi. O'rganishlar natijasida qurilish sohasini tartibga solishdagi huquqiy bo'shliqlar v

20 Mar 12:54
 
43
0
xs.uz

Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig

20 Mar 12:54
 
47
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak