calendar 12 Jan 12:25
eye 147
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Sobiq vazirni hibsga olish muddati uzaytirildi

image

Turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenovani o‘ldirganlikda gumonlanayotgan Qozog‘iston sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevning hibsga olish muddati 2024 yil 9 martgacha uzaytirildi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi. 

“2024 yil 9 yanvarda Ostona shahar ixtisoslashtirilgan tumanlararo tergov sudi gumonlanuvchi Bishimbayevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini 2024 yil 9 martgacha uzaytirishga ruxsat berdi”, deyiladi Ostona shahar sudi xabarida.

U 2023 yilning noyabrida hibsga olingan edi.

Bishimbayevga nisbatan Jinoyat kodeksining 99-moddasi 2-qismi 5-bandi – “O‘ta shafqatsizlik bilan sodir etilgan qotillik” bo‘yicha ish olib borilmoqda. Ushbu moddada mol-mulki musodara qilingan yoki musodara qilinmagan holda 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan.

Avvalroq Nukenovalar oilasi manfaatlarini himoya qilgan advokat Janna O‘razbaxova ayolning o‘ldirilishi bo‘yicha tergov yakunlanganini ma’lum qilgandi.

Saltanat Nukenova Bishimbayevning ikkinchi xotini bo‘lib, 31 yoshda edi. Mutaxassislar marhuma Nukenovaning tanasida pichoq jarohatlari izini topmagan. Taxminlarga ko‘ra, u boshiga to‘mtoq jism bilan berilgan kuchli zarbadan halok bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 43 yoshli Kuandik Bishimbayev turli vaqtlarda Prezident yordamchisi, Sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari, Savdo va iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari, “Samruk-Kazina” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari, “Bayterek” xoldingi boshqaruvi raisi bo‘lgan.

2016 yilning mayidan dekabrigacha Qozog‘iston Milliy iqtisodiyot vaziri bo‘lgan. 2017 yilning yanvarida u o‘g‘rilikda ayblanib hibsga olingan, 2018 yil mart oyida esa 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Keyinchalik uning jazo muddati ikki baravarga qisqartirilgan va 2019 yilning oktyabrida Bishimbayev ozodlikka chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyida bir qator qozoq mahalliy OAVlarida Ostona shahridagi restoranlardan birida ayol kaltaklanib, tez yordam kelguniga qadar vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyinchalik ayol sobiq vazir Kuandik Bishimbayevning ikkinchi xotini bo‘lgani va uni Bishimbayev o‘ldirgani aytildi. Shundan so‘ng unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu ishni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev shaxsiy nazoratiga olgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
18
0
xs.uz

Ilon Maskga tegishli kompaniya Qozogʻistondagi 1800 ta maktabni internet bilan taʼminladi

Qozogʻiston hukumati SpaseX kompaniyasining 'Starlink' terminallari yordamida deyarli 1,8 ming maktabni internetga uladi. Bu haqda Report.az xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hozirda orbitada 4500 dan ortiq 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshlari mavjud. Ushbu yoʻldoshlar orqali Qozogʻistondagi 1800 ta maktab endi internet bilan toʻla taʼminlanadi.'Raqamli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda, bugungi kunda 1757 ta maktabda 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshli internet tar

22 Jul 11:13
 
65
0
xs.uz

“Sharqiy frontda oʻzgarish bor” — Xitoy va Filippin kelishuvga erishgan boʻlishi mumkin

Qayd etilishicha, Manila har ikki davlat 'BRP Sierra Madre', yaʼni filippinlik askarlar saqlanayotgan eski harbiy kemani qayta yetkazib berish boʻyicha vaqtinchalik kelishuvga kelishib olganini eʼlon qildi. Bu bahsli hududda qarama-qarshiliklarning oldini olishga qaratilgan boʻlishi mumkin.Maʼlumki, Ikkinchi Tomas Shoalga har ikki davlat daʼvo qilib kelmoqda. Soʻnggi qarama-qarshiliklarda Xitoy qirgʻoq qoʻriqlash xizmati Filippin forpostiga taʼminotni toʻsib qoʻygan edi. Shartnoma ke

26 Jul 10:19
 
29
0
qalampir.uz

Eronning sobiq prezidentiga suiqasd uyushtirildi

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajodga nisbatan joriy yilning 15 iyul kuni suiqasd uyushtirilgani va u muvaffaqiyatsiz tugagani haqida xabarlar ochiqlandi. Bu haqda “Iran International” ma’lum qildi. Shu kuni kechqurun Ahmadinajod va uning hamrohlari Muharram diniy motam marosimi uchun Zanjon shahriga yo‘l olgan. Sobiq prezidentning bosh xavfsizlik xodimi Ahmadinajodning asosiy avtomobili – Toyota Land Cruiser'ni ko‘zdan kechirgan va hali ham ishlamay qolga

26 Jul 10:21
 
33
0
xs.uz

Rasman 2025-yilda Olimpiya oʻyinlariga Saudiya mezbonlik qiladi (video)

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) 2025-yilda ilk bor 'Esports' boʻyicha Olimpiya oʻyinlari tashkil etilishini tasdiqladi. Saudiya Arabistonida oʻtkazilishi kutilayotgan kibersport boʻyicha eng nufuzli turnir XOQning 142-sessiyasida eʼlon qilingan. Bu haqda 'Sinxua' xabar bermoqda.Qayd etish joizki, bu qoʻmitaning raqamli inqilob bilan hamnafas ekanini koʻrsatib bera oladi. XOQ ijroiya kengashi bir ovozdan qoʻllab-quvvatlagan holda ilk tadbirni oʻtkazish uchun Saudiya Arabistoni Milliy o