calendar 15 Jul 12:02
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xitoy Tayvanga qurol sotgani uchun AQSHga sanksiya kiritdi

image
O‘zbekiston uchun tabu. Xitoy-Tayvan “urushi” north_east

O‘zbekiston uchun tabu. Xitoy-Tayvan “urushi”

Tayvan Vashingtondan F-16V qiruvchi samolyotlarida foydalanadigan infraqizil qidiruv va kuzatuv tizimlarini sotib oladi. Bu haqda orolning markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, shartnoma summasi 345 million dollarni tashkil qiladi. Qurol sotib olish rejasiga kiritilgan tegishli tizimlar AQSHdan buyurtma qilingan 66 ta F-16V qiruvchi samolyotlariga o‘rnatiladi.

Orol mudofaa idorasining aniqlik kiritishicha, ushbu yangi avlod tizimlari F-16V uchun maxsus ishlab chiqilgan va qiruvchilarning nishonlarni aniqlash va ularni kuzatish qobiliyatini, shuningdek, havo janglarining umumiy samaradorligini oshiradi.

Xitoy esa Tayvan oroli ma’muriyatiga qurol yetkazib bergani uchun AQSHning bir qator harbiy-sanoat kompaniyalari va ularning rahbarlariga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi.

“Qo‘shma Shtatlar yaqinda Xitoyning Tayvan mintaqasiga qurol-yarog‘ sotishni qayta e’lon qildi, bu “Yagona Xitoy prinsipi” va “Uch Xitoy-AQSH qo‘shma kommyunikesi”ni jiddiy buzadi, Xitoyning ichki ishlariga jiddiy aralashuv hisoblanadi hamda Xitoy Xalq Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligiga katta zarar yetkazadi. Xitoy Xalq Respublikasining “Xorijiy sanksiyalarga qarshi” qonunining 3, 4, 5, 6, 9 va 15-moddalariga muvofiq, Xitoy AQSHning harbiy sanoat korxonalari va ularning yuqori rahbariyatiga qarshi choralar ko‘rishga qaror qildi”, deyiladi TIV bayonotida.

“Qora ro‘yxat”ga kiritilgan tashkilotlar orasida Anduril korporatsiyasi, Maritime Tactical Systems Corporation, Pacific Rim Defense Corporation, AEVEX Aerospace Corporation, LKD Aerospace Corporation va Summit Technology korporatsiyasi bor. Ularning Xitoydagi aktivlari va mulklari muzlatiladi. Shuningdek, mazkur korxonalarning 11 nafar rahbar xodimlari ro‘yxatga kiritildi. Ularning Xitoyga, jumladan Gonkong va Makaoga kirishi taqiqlanadi.

Ma’lumot uchun, Vashington “yagona Xitoy” siyosatini e’lon qilar ekan, ayni paytda Taybey ma’muriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda. AQSH Tayvanning asosiy qurol yetkazib beruvchisidir. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Amerikaning orolga bir necha yil davomida yetkazib bergan harbiy yuklarining umumiy miqdori 70 milliard dollardan oshgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
46
0
qalampir.uz

Xitoy Rossiya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Xitoy kecha, 12 iyul kuni Rossiya bilan janubiy qirg‘oqlarida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi. Bu NATOning Vashingtondagi sammiti va Yaponiyaning Pekin va Moskva o‘rtasidagi yaqin aloqalar tufayli kuchayib borayotgan tahdid haqidagi ogohlantirishidan so‘ng ma’lum bo‘ldi. Xitoy Mudofaa vazirligi dengizda “O‘zaro hamkorlik 2024” mashg‘ulotlari iyul oyi boshida boshlangan va oy o

16 Jul 21:51
 
100
0
qalampir.uz

O‘shda sel oqibatida tilla bozoridagi taqinchoqlar suvda oqib ketdimi?

Joriy yilning 14 iyul kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyati va O‘sh shahrida kuchli sel oqibatida yo‘llar hamda markaziy bozor ichi suv bilan to‘lgani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, sel suvlarining bozor ichiga kirishi ortidan u yerda joylashgan tilla markazi taqinchoqlari oqib ketgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ bilan suhbatda bo‘lgan mahalliy aholi vakili buni tasdiqladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bozorda asosan maishiy texnika hamda kiyim-kecha

21 Jul 17:02
 
58
0
qalampir.uz

Seul Shimoliy Koreyani yana axlat sharlarini uchirganlikda aybladi

Bugun, 21 iyul kuni Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan chegaradan yana chiqindi sharlarini uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya qo‘shinlari bosh shtabi ma’lum qildi. Shtab ma’lumotlariga ko‘ra, chiqindi to‘ldirilgan sharlar Kyongido provinsiyasi tomon uchirilgan. Rasmiylar aholini yerga qulagan narsalarga tegmaslikka, sharlarni ko‘rganda huquq-tartibot idoralari yoki harbiylarga xabar berishga chaqirgan. Ikki kun avval Seul Shimoliy Koreya chegarasi bo‘ylab karnaylar orqali xal

20 Jul 23:08
 
101
0
qalampir.uz

AQSHda 43 yil qamoqda o‘tirgan ayol oqlandi

AQSHning Missuri shtatida 43 yil qamoqxonada jazo o‘tagan 64 yoshli ayol Sandra Hemme kecha, 19 iyul kuni sudda oqlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi. Hemme 1980 yilda kutubxonachini pichoq bilan o‘ldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Yagona dalil – mahkumning chin dildan iqror bo‘lishi edi. “Associated Press” xabariga ko‘ra, shtat prokurori Missuridagi uchta sud: quyi sud, apellyatsiya sudi, keyin esa Oliy sud qarorig