calendar 12 Jan 10:40
eye 102
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Putin Turkiyaga borishini aytdi – Peskov 

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anning uchrashuv sanasi diplomatik kanallar orqali kelishib olinmoqda. Bu haqda Kreml voizi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasida doimo muloqotga ehtiyoj bor va siz ular uchrashishga kelishib olganini bilasiz. Putinning o‘zi esa “Men Turkiyaga boraman”, degan. Biz faqat vaqtni belgilaymiz, xolos. Sana esa hali tanlanmadi. U diplomatik kanallar orqali kelishib olinadi va ertami-kechmi bu muloqot amalga oshadi”, degan Kreml vakili.

Peskov bunday aloqalar, birinchi navbatda, Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar nuqtayi nazaridan muhim ekanini qayd etdi.

"Agar kerak bo‘lsa, ular juda tez qo‘ng‘iroqlashishlari mumkin. Bunday rejalar tom ma’noda soatlar ichida amalga oshiriladi", deya xulosa qiladi Peskov.

Ma’lumot uchun, Erdo‘g‘an va Putin oxirgi marta o‘tgan yilning sentyabr oyida Sochida uchrashgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Erdo‘g‘an ma’muriyati ikki davlat rahbari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilyotganini ma’lum qilgandi. Tahlilchilarning fikricha, yetakchilar Yaqin Sharq, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojaro, Qora dengiz bo‘g‘ozlari bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
144
0
xs.uz

Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini taqiqladi. Ular qaysi davlatlar?

AQSH prezidenti Donald Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini toʻliq va yana yetti davlat, jumladan Turkmaniston fuqarolarini qisman taqiqladi.Respublikachi bunday taqiqni oʻzining birinchi prezidentlik muddati davrida ham kiritgan edi, ammo hozir roʻyxatga KXDR va Suriya kiritilmagan.Oq uy saytida chop etilgan press-relizga koʻra, Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga toʻliq taqiq qoʻyi

17 May 21:47
 
454
0
xs.uz

Zelenskiy Istanbulga keladi, Putin esa hali javob bermadi

Ertaga Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina vakillari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unda ishtirok etish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu shaharga yetib keladi.Oʻz navbatida, Vladimir Zelenskiy Istanbulda Vladimir Putindan boshqa birorta Rossiya vakili bilan uchrashmasligi maʼlum qilindi. Uning idorasi maslahatchisi Mixaylo Podolyak soʻzlariga koʻra, davlat rahbari boshqa shaxs oʻrtasidagi uchrashuv 'toʻgʻri format emas'. Rossiya prezident

08 Jun 02:27
 
30
0
xs.uz

Isroil Gʻazodagi shifoxonani bombardimon qildi, uch nafar jurnalist halok boʻlgan

Isroil Gʻazo shahridagi 'Al-Ahli' kasalxonasiga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Bildirilishicha, Isroilning 'Al-Ahli' kasalxonasiga bergan zarbalari oqibatida 'Palestine Today' nashrining ikki nafar jurnalisti Ismoil Bada hamda Sulaymon Xoja voqea joyida halok boʻlgan.'Al Jazeera' nashri halok boʻlgan jurnalistlar haqidagi batafsil maʼlumotlar va hujum tafsilotlari haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.Shunin

13 Jun 00:39
 
81
0
xs.uz

Isroil hujumiga Eronning javob zarba berish rejasi tayyor — “The New York Times”

Eron Isroil tomonidan hujum sodir etilgan taqdirda yahudiy davlatiga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda javob zarbasi berish rejasini ishlab chiqqan.Bu haqda AQSHning 'The New York Times' gazetasi yuqori martabali Eron rasmiysiga tayanib xabar tarqatdi.'Eron harbiylari va hukumat amaldorlari Isroilning ehtimoliy zarbasiga javob choralarini muhokama qilish uchun allaqachon uchrashishgan. Tehron Isroilga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda zudlik bilan qarshi hujumni oʻz