calendar 11 Jan 18:10
eye 68
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qirg‘iziston va Tojikistonning chegara muammosi qachon hal bo‘lishi aytildi

image
Fidan Qirg‘iziston TIV rahbari bilan G‘azodagi urushni muhokama qildi north_east

Fidan Qirg‘iziston TIV rahbari bilan G‘azodagi urushni muhokama qildi

Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha kelishuv joriy yilning mart oyida imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda kecha, 10 yanvar kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.

“Qirg‘iziston tomoni Tojikiston bilan chegaradagi muammolarni hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xushxabar oldik. Shartnoma mart oyida imzolanishi kutilmoqda va men bugun bu yerda janob Prezident bilan uchrashuvim chog‘ida xuddi shunday xushxabarni tasdiqlash imkoniga ega bo‘ldim”, degan u Imomali Rahmon bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Uning qayd etishicha, Turkiya mintaqaga e’tibor qaratayotgan qardosh davlat sifatida bu tinchlik kelishuviga katta ahamiyat beradi.

“Umid qilamizki, mart oyida Tojikiston va Qirg‘iziston o‘zaro chegaradagi mojaroga rasman chek qo‘yib, mintaqada xavfsizlik va barqarorlik yo‘lida muhim qadam qo‘yadi”, deydi Turkiya vaziri.

Qayd etish joizki, Turkiya TIV rahbari 9 yanvar kuni Bishkekda qirg‘izistonlik hamkasbi Jeyenbek Kulubayev bilan ham uchrashgan va Prezident Sadir Japarov qabulida bo‘lgan. 

“Anadolu” agentligi xabariga ko‘ra, Fidan 9 yanvar kuni Anqara Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha kelishuvni olqishlashini ma’lum qilgan. U Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida ham shunday kelishuvga erishilishiga umid bildirgan. Turkiya mintaqa davlatlari o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lmasligiga katta ahamiyat berishini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasining uzunligi qariyb 980 kilometrni tashkil etadi, shundan 400 kilometri bahsli hudud hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Tojikiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalarining delimitatsiya va demarkatsiya bo‘yicha topografik ishchi guruhlari umumiy davlat chegarasining qariyb 12 kilometri bo‘yicha kelishuvga erishgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
19
0
xs.uz

Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan Qrimdagi neft terminaliga zarba berdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush muhim bosqichga kirganini maʼlum qilganidan keyin mamlakat harbiylari bosib olingan Qrimdagi Rossiyaning urush harakatlari uchun muhim boʻlgan yirik neft terminaliga zarba berganini aytdi.'Tunda Qrimning vaqtincha bosib olingan Feodosiya shahridagi dushmanning dengizdagi neft terminaliga muvaffaqiyatli zarba berildi', ' deyiladi ukrainalik harbiylar tomonidan tarqatilgan xabarda.Moskva ham, Kiyev ham qimmatga tushayotgan urushni qanday davom ettirish

10 Oct 16:52
 
18
0
xs.uz

Turkmanistonda Maxtumqulining 300 yilligi nishonlanmoqda — Fotoreportaj

Buyuk mutafakkir, turkman adabiyotining mumtoz qahramoni Maxtumquli Firog'iyning ijodiy merosini oʻrganish, targʻib etish va kelajak avlodlarga yetkazish, madaniyatlarni yaqinlashtirish va boyitish yoʻlida hamda Turkmaniston Prezidentining 2024-yil 9-oktabrdagi 469-sonli farmoniga muvofiq doʻstlikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasini hisobga olgan holda va xalqlar ohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endrtasidagi hamkorlik uchun Maxtumquli nomidagi Turkmaniston davlat unive

24 Aug 17:27
 
31
0
xs.uz

Lukashenkoning MDH davlatlariga shikoyatlari va Kurskdagi magʻlubiyat (+video)

Belarus elchisi Qozogʻiston TIVga chaqirildiBelarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning 'Rossiya' telekanaliga bergan intervyusidan soʻng Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Belarus elchisi Pavel Utyupinni idoraga chaqirgan.Lukashenko, jumladan, oʻz intervyusida sobiq ittifoq respublikalari ittifoqchilik munosabatlariga qaramay, birdamlik koʻrsatmayotgani va oʻzaro yordam koʻrsatmayotganini aytib, ikki yil avval KXSHT tinchlikparvar kuchlari ishtirok etgan Qozogʻistondagi miti

09 Oct 15:17
 
20
0
xs.uz

Isroil mudofaa vaziri AQSHga safarini nega bekor qildi?

Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant AQSHga tashrifini bekor qildi. Toʻxtatilgan sayohat Isroilning Eronning raketa hujumiga javob qaytarishiga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi. Vazir AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashishi kerak edi.Pentagon matbuot kotibi bu maʼlumotni tasdiqladi va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSH prezidenti Jo Bayden bilan telefonda gaplashmaguncha va Isroilning Eronga javobini maʼqullamaguniga qadar tashrif toʻxtatilgani haqidagi xabarlarga izo