calendar 11 Jan 17:08
eye 99
comments 0
comments Manba: xs.uz

Samarqandda boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi

image
Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan 14 ta jamoadan 225 nafar bokschi qiz sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi. Unda charm qoʻlqop ustalari 13 ta vazn toifasi boʻyicha bellashdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqa natijalarga koʻra umumjamoa hisobida Samarqand viloyati boks jamoasi 1-oʻrin, Fargʻona viloyati terma jamoasi 2-oʻrin va Toshkent shahri jamoasi 3-oʻrinni egallashdi.



Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi, viloyat boks federatsiyasi raisi Ya. Mirzarahimov va viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshligʻi Sh. Roʻziyev 2023-yil 24-noyabr va 4-dekabr kunlari Armanistonning Yerevan shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan Sevara Mamatova hamda kumush medal sohibi Maftuna Musurmonovaga viloyat hokimining 'Tashakkurnomasi' va qimmatbaho sovgʻalari topshirishdi.

Shuningdek, turnir gʻolib va sovrindorlari medal, diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
149
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

17 May 21:48
 
66
0
xs.uz

Taysonni yenggan bloger endi Oleksandr Usikni nishonga oldi

Jeyk Pol va Oleksandr Usik oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlgan MMA jangi sport olamida katta qiziqish uygʻotmoqda. Blogerning biznes hamkori Nakisa Bidaryanning aytishicha, hozirda Pol va mutlaq ogʻir vazn toifasidagi jahon chempioni Oleksandr Usik jamoasi oʻrtasida 2026-yilda MMA jangini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.Usik avvalroq bir necha bor Jeyk Polni oktagonga chaqirgan edi. Endilikda bu chaqiriqlar jiddiy tus olyapti. Bidaryanning bayonotiga koʻra, Usik jamoasi

17 May 21:48
 
66
0
xs.uz

Tursunoy Jabborova — Osiyo chempionati sovrindori

Biroz avval ayollar o'rtasida -87 kg. vazn toifasida bahslar o'tkazildi. E'tiborlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko'tarishda 108 kg. natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo'ldi.Afuski, Jabborovaga siltab ko'tarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi u yakunda sakkizinchi pog'onadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan yana bir vakilimiz Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.

31 May 08:50
 
32
0
xs.uz

“Universiada — 2025” g‘olib va sovrindorlari tantanali tarzda taqdirlandi

Mazkur tadbirda Hukumat vakillari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari rahbariyati, oliy ta'lim muassasalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.Musobaqada g'alaba qozongan va sovrindor bo'lgan jamoalarga faxriy yorliq, medallar va esdalik sovg'alari topshirildi. Taqdirlash marosimida sportchilarning faolligi, ta'lim muassasalarining mehnati va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida