calendar 11 Jan 16:05
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ikkinchi Qorabog‘ urushi paytida Aliyev va Pashinyan eng ko‘p kimga qo‘ng‘iroq qilgan?

image

Kecha, 10 yanvar kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev mahalliy telekanallarga bergan intervyusida Ikkinchi Qorabog‘ urushi paytida telefonda eng ko‘p gaplashgan kishilarning ismlarini ma’lum qildi.

“Ikkinchi Qorabog‘ urushi paytida eng ko‘p Erdo‘g‘an va Putin bilan qo‘ng‘iroqlashganman. Bu tabiiy, chunki Turkiya yetakchisi urushning birinchi kunidan to oxirigacha biz bilan birga bo‘ldi. Uning Ozarbayjonni siyosiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlagani ko‘pchilikka ma’lum”, degan Aliyev.

Ozarbayjon Prezidenti, agar mamlakat oldida jiddiy xavf paydo bo‘lsa, birinchi qo‘ng‘iroq qiladigan kishisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an bo‘lishini urg‘ulagan.

Ilhom Aliyev diplomatik mavqedoshlariga kam hollarda qo‘ng‘iroq qilishini aytgan. Odatda qandaydir mavzu yuzasidan, favqulodda vaziyatlarda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yoki Prezident yordamchisi orqali hamkor davlat rahbarlari bilan bog‘laniladi. Aliyevning bildirishicha, u o‘z odati bo‘yicha, prezidentlarga faqat ularning tug‘ilgan kunida qo‘ng‘iroq qiladi.

Aliyevdan farqli o‘laroq, 2020 yilning 27 sentyabridan 10 noyabriga qadar davom etgan 44 kunlik Ikkinchi Qorabog‘ urushida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan dunyo yetakchilariga jami 19 marta qo‘ng‘iroq qilgan. Ushbu ma’lumot Armaniston Bosh vazirining veb-saytida e’lon qilingandi.

Ro‘yxatda quyidagi siyosatchilarning nomlariga duch kelishimiz mumkin:

  • Rossiya Prezidenti Vladimir Putin – 5 ta qo‘ng‘iroq
  • Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron – 3 ta qo‘ng‘iroq
  • Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel – 3 ta qo‘ng‘iroq
  • BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish – 1 ta qo‘ng‘iroq
  • Eronning sobiq prezidenti Hasan Ruhoniy – 1 ta qo‘ng‘iroq
  • Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel – 1 qo‘ng‘iroq
  • Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko – 1 qo‘ng‘iroq
  • AQSHning 45-prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi Robert Orben – 1 ta qo‘ng‘iroq
  • Avstriya Bosh vaziri Sebastyan Kurs – 1 qo‘ng‘iroq
  • Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutte – 1 ta qo‘ng‘iroq
  • Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo – 1 ta qo‘ng‘iroq

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 24 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning tug‘ilgan kuni bilan tabriklash uchun qo‘ng‘iroq qilgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
58
0
xs.uz

Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi

Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.'Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi', degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha i

18 Apr 11:08
 
34
0
xs.uz

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekistonga keladi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22html5-dom-document-internal-entity1-minus-end23-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentda boʻladi.'Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.Tashrif davomida Toshkent shahrida Oʻzbekiston prezidenti bilan muloqot, shuningdek, mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Xabarda aytilishicha, asosiy eʼtibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O

15 Apr 07:06
 
39
0
xs.uz

AQShda 17 yoshli yigit Trampga suiqasd uyushtirish uchun ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz ota-onasini oʻldirdi

Maʼlum boʻlishicha, Federal qidiruv byurosi oshkor qilgan hujjatga koʻra, 17 yoshli Nikita Kasap joriy yilning 11-fevral kuni otasi 51 yoshli Donald Mayer hamda onasi 35 yoshli Tatyana Kasapni oʻldirib, jasadlarni xonadondagi kiyimlar orasiga yashirib, 10 kundan ortiq vaqt davomida saqlab kelgan.Biroz vaqtdan soʻng, Nikita Kasab otasining shaxsiy avtomobilida harakatlanib ketayotganda yoʻl qoidasiga rioya qilmagani uchun shahar politsiyasi tomonidan toʻxtatilgan. Yigitning shubhali haraka

20 Mar 12:55
 
71
0
xs.uz

Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yoʻq qilmoqchi

AQSH prezidenti Donald Tramp bugun, 20-mart kuni Taʼlim vazirligini tugatish haqidagi farmonni imzolashi kutilmoqda. Bu haqda 'Politico' gazetasi hujjat loyihasiga tayanib yozmoqda.Nashrning yozishicha, tegishli hujjatda taʼlim vaziri Linda Makmaxonga idorani yopishga yordam berish uchun 'barcha zarur choralarni koʻrishi' taʼkidlanadi.'Prezident Donald Tramp payshanba kuni Taʼlim vazirligini tugatish jarayonini boshlash toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashga tayyor. Bu harakat orqali u saylovo