calendar 11 Jan 15:45
eye 74
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda o‘zganing nomiga onlayn kredit rasmiylashtirib olgan shaxs ushlandi 

image

Toshkentda o‘zganing nomiga onlayn kredit rasmiylashtirib olgan shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Mirobod tumanida yashovchi 61 yoshli Sh.O. IIOga murojaat qilib, o‘zining nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra onlayn kredit rasmiylashtirilganini bildirgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Yakkasaroy tumanida yashovchi 39 yoshli S.A. sodir etgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, S.A. Sh.O.ga SMS-xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning nomidan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan so‘ng, "uddaburon" onlayn tarzda 30 million so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda", deyiladi Kiberxavfsizlik markazi xabarida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
22
0
xs.uz

Toshkentda aksiz markasiz alkogol mahsulotlari savdodan olindi

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi savdo do'konidan O'zbekiston aksiz markasi bilan yelimlanmagan alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, tumanda faoliyat yurituvchi 'N.G.' MChJ savdo do'koni sotuvchisi R.Q. xaridorga O'zbekiston aksiz markasi bilan yelimlanmagan 2 dona viski va 2 quti tamaki mahsulotini jami 2,9 mln so'mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savd

09 Oct 12:39
 
18
0
xs.uz

Tadbirkorga 500 ming dollarlik shartnoma tuzib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Ma'lum qilinishicha, departamentning Shayxontohur tumani bo'limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o'tkazilgan.Tadbirda 'S.S.' MChJ rahbari, muqaddam sudlangan N.Sh. tadbirkor U.I.ga tanishlari yordamida 'L.Y.' korxonasi bilan 500 ming dollarlik qurilish ishlarini bajarish yuzasidan shartnoma tuzib, buyurtma olib berishi evaziga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida pul berishi kerakligini aytib, 50 ming dollar olga

09 Oct 12:39
 
18
0
xs.uz

“Oʻzgidromet” 9-oktyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 26-28 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Ustyurtda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 24-29 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyatla

09 Oct 12:39
 
20
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskvada oʻtayotgan MDH sammitida ishtirok etmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Moskva shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.