calendar 11 Jan 12:25
eye 56
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni ortib bormoqda (foto)

image

Joriy yilning 9 yanvar, seshanba kuni qutqaruvchilar Yaponiya dengizi sohilidagi Noto yarim orolida sodir bo‘lgan qator zilzilalarda halok bo‘lgan yana 22 kishining jasadini topdi. 

Yaponiya mintaqaviy hokimiyati ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni 202 taga yetgan. Kamida 52 kishi bedarak yo‘qolgan. Zilziladan jabr ko‘rgan hududlarning 28 mingga yaqin aholisi evakuatsiya markazlarida qolishda davom etmoqda.

Bundan tashqari, zarar ko‘rgan hududlardagi 4200 ga yaqin uy suv ta’minotisiz qolgan. Shu bilan birga, mahalliy hokimiyat zilzilalar natijasida 1,8 mingga yaqin turar-joy binosi vayron bo‘lganini ta’kidladi. 

Tabiiy ofatdan eng ko‘p Ishikava prefekturasi jabr ko‘rgan. U yerda kamida 1370 ta uy to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan, yong‘inlar esa 300 dan ortiq binoni vayron qilgan.

Yaponiya qutqaruv xizmatlari tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun tiklash ishlarini davom ettirmoqda.

Avvalroq, O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi zilzilada o‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘qligini ma’lum qilgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jun 12:46
 
14
0
qalampir.uz

Bortida vitse-prezident bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi

Bortida Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima va yana to‘qqiz kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda Prezident devoni xabar beradi. Rasmiy bayonotda aytilishicha, Malavi mudofaa kuchlari samolyoti kecha, 10 iyun kuni ertalab poytaxt Lilongvedan chiqib ketganidan so‘ng “radarlardan g‘oyib bo‘lgan”. U mamlakat shimolidagi Mzuzu xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan ertalab soat 10 dan keyin qo‘nishi kerak edi. Dispetcherlar samolyot bilan bog‘lana olm

02 Jul 15:47
 
29
0
qalampir.uz

Eron “Hizbulloh”ni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi

Isroil Livanga qarshi keng ko‘lamli urush boshlasa, Eron “Hizbulloh” harakatini qo‘ldan kelgancha qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning maslahatchisi va Eronning xalqaro aloqalar bo‘yicha strategik kengashi rahbari Kamol Xaroziy “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi. “Bunday vaziyatda “Hizbulloh”ni har qanday yo‘l bilan qo‘llab-quvvatlashdan boshqa ilojimiz yo‘q. Barcha

12 Jul 22:14
 
71
0
qalampir.uz

Nepalda 70 ga yaqin kishi bo‘lgan 2 avtobus daryoda oqib ketdi

Bugun, 12 iyul kuni tunda Nepalda sodir bo‘lgan kuchli ko‘chki oqibatida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan ikkita avtobus daryoga tushib, oqib ketdi. Bu haqda “The Kathmandu Post” xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Madandan Ashrit shahri tomon harakatlanayotgan avtobuslar ertalab soat 3:30 da Trishuli daryosiga tushib ketgan. Avtobuslarda jami 66 kishi bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobuslardan birida 24 kishi, boshqasida 42 kishi bo‘lgan, ammo haydovchilar yo‘ld

23 Jun 16:36
 
37
0
qalampir.uz

Dengiz to‘lqini olib ketgan ayol uch kundan keyin o‘lik holda topildi (video)

Rossiyada kuchli bo‘ron sababli dengizda cho‘kib ketgan 20 yoshli ayolning jasadi uch kundan so‘ng topildi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy Telegram-kanali xabar berdi. Qayd etilishicha, 16 iyun kuni ayol  Qora dengiz bo‘yida yigit hamrohi bilan cho‘milayotganda kuchli dengiz to‘lqini sabab suvga g‘arq bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgandan uch kun o‘tib, qutqaruvchilar qizning jasadini Sochidagi suv omboridan topgan. Nashrga ko‘ra, jasad &ldqu