calendar 11 Jun 12:46
eye 38
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bortida vitse-prezident bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi

image

Bortida Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima va yana to‘qqiz kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda Prezident devoni xabar beradi.

Rasmiy bayonotda aytilishicha, Malavi mudofaa kuchlari samolyoti kecha, 10 iyun kuni ertalab poytaxt Lilongvedan chiqib ketganidan so‘ng “radarlardan g‘oyib bo‘lgan”. U mamlakat shimolidagi Mzuzu xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan ertalab soat 10 dan keyin qo‘nishi kerak edi.

Dispetcherlar samolyot bilan bog‘lana olmayapti. Hozirda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

Voqeadan xabar topgan Malavi Prezidenti Lazarus Chakvera Bagama orollariga parvozini bekor qildi.

"Men samolyot topilmaguncha operatsiyani davom ettirish haqida buyruq berdim", deydi Chakvera.

Chilima uch kun oldin vafot etgan sobiq vazir Ralf Kasambaraning dafn marosimida hukumat vakili bo‘lish uchun ketayotgan edi.

Saulos Chilima 51 yoshda va 2014 yildan buyon mamlakat vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. 

Ma’lumot uchun, Malavi – Janubi-Sharqiy Afrikadagi davlat. 1964 yilgacha u Britaniya mustamlakasi edi. Malavi hozirda prezident respublikasi. Prezident aholi tomonidan besh yil muddatga saylanadi.

Shahnoza Halilova


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 11:19
 
46
0
qalampir.uz

Minglab namoyishchilar Netanyaxuni AQSHga bormaslikka chaqirdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning AQSHga ketishidan bir kun oldin Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroportida minglab kishilar namoyishga chiqdi. Bu haqda kecha, 21 iyul kuni Isroilning “Times of Israel” gazetasi xabar berdi. Namoyishchilar Bosh vazirni HAMAS G‘azo sektorida garovga olingan isroilliklarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishilmaguncha Vashingtonga uchmaslikka chaqirdi. Xabar qilinishicha, namoyishchilar orasida o‘g‘irlab ketilgan isroilliklarning qarindos

18 Jul 12:04
 
81
0
xs.uz

Sunʼiy yoʻldosh Putinning oʻrmon ichida yashiringan qalʼasini fosh qildi – Newsweek (+Xarita va suratlar)

Sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Moskva shimolidagi Valday shahrida havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan jihozlangan qalʼasi mavjudligini aniqladi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar qildi.Qayd etilishicha, dastlabki hisobotlarda bu yerda faqat bitta 'Pansir' tizimi oʻrnatilgan bunker mavjudligi aytilgan. Biroq yangi tasvirlar hudud atrofida ushbu tizimlardan kamida yettitasi borligini koʻrsatgan. Havo hujumiga qarshi mudofaa vositalarining koʻpayis

11 Jul 15:12
 
59
0
xs.uz

Fethiye: madaniyat va tabiatning mukammal uygʻunligi

1. OʻlidenizFethiyeni Oʻlidenizsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Butun dunyoga mashhur ushbu plyaj oʻzining firuza rang shaffof dengizi va oq qumlari bilan barchani hayratda qoldirmoqda. Oʻlidenizda paraplanda uchib, yuqoridan bamisoli qush kabi ajoyib manzarani tomosha qilish va sokin suvlarda suzish kabi zavqli mashgʻulotlar bilan taʼtilni maroqli oʻtkazish mumkin.2. Likiya yoʻliFethiyening Likiya yoʻli tabiat qoʻynida sayr qilishni sevuvchilar va trekking ixlosmandlari uchun munosib ma

26 Jul 10:19
 
33
0
qalampir.uz

Yevrokomissiya Slovakiyani “xorijiy agentlar” qonuni oqibatlaridan ogohlantirdi

Yevropa Komissiyasi, agar Slovakiya xorijdan mablag‘ oluvchi nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) uchun xorijiy agent maqomi to‘g‘risidagi mahalliy qonunni qabul qilishda davom etsa, unga qarshi rasmiy chora ko‘radi. Bu haqda Yevropa komissari Vera Yourova Bryusseldagi matbuot anjumanida ma’lum qildi. “Agar Slovakiya nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish borasida Vengriya yo‘lidan borsa, biz zudlik bilan qoidabuzarlikni bartaraf etish ta