calendar 11 Jan 11:30
eye 93
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Blinkenning Falastin Prezidenti bilan uchrashuvi tortishuvlarga boy bo‘ldi – OAV 

image

Bugun, 10 yanvar kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken G‘arbiy Sohildagi Ramalloh shahrida Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashdi. Bu haqda “Al-Ekhbariya” telekanali xabar berdi.

Aytilishicha, muzokaralar G‘azo sektoridagi urush va G‘arbiy sohilidagi vaziyatning keskinlashuviga qaratilgan.

“Sky News Arabia”ning manbalariga ko‘ra, Blinken va Abbos o‘rtasidagi uchrashuv juda keskin o‘tgan.

“Xususiy manbalarimiz Blinkenning bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Ramallohda Abbos bilan uchrashuvi tarang, tortishuvlar va janjallarga boy bo‘lganini tasdiqladi”, deyiladi telekanal xabarida.

Qayd etilishicha, Abbos Blinkendan muzlatilgan Falastin mablag‘larini qaytarish uchun Isroilga bosim o‘tkazishni so‘ragan. O‘z navbatida, Blinken Falastin milliy ma’muriyatida islohotlar o‘tkazish talabini takrorlagan.

“Mahmud Abbos Isroil tomonidan “Falastin xalqini G‘azo sektori yoki G‘arbiy Sohildan, jumladan Quddusdan siqib chiqarishga” qaratilgan chora-tadbirlarning jiddiyligi haqida ogohlantirdi”, deya xabar beradi telekanal.

Ma’lumot uchun, Blinken G‘azoda urush boshlangandan beri mintaqaga qilgan to‘rtinchi safari davomida Turkiya, Gretsiya, Iordaniya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni va Isroilda bo‘lgandi. Uning Yaqin Sharqqa safari esa Misrga tashrif bilan yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Blinken Tel-Avivda o‘tkazgan matbuot anjumanida Isroil hukumati Falastin byudjeti uchun mo‘ljallangan soliq tushumlarini ushlab qolishni to‘xtatishi kerakligini aytgandi.Shuningdek, Davlat kotibi Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Isroilning G‘azodan falastinliklarni majburan olib chiqish niyati yo‘qligiga ishontirganini ta’kidlagandi. Biroq Isroil Moliya vaziri Betsalel Smotrich Falastin ma’muriyati hisobiga bir chaqa ham o‘tkazilmasligi va G‘azo sektoridan "ixtiyoriy migratsiya"ni rag‘batlantirishini bildirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:54
 
27
0
xs.uz

Los-Anjeles yaqinida yana bir kuchli oʻrmon yongʻini boshlandi

22-yanvar, chorshanba kuni Los-Anjeles shimolida sodir boʻlgan yangi oʻrmon yongʻini tezda 38 kvadrat kilometrdan koʻproq maydonga tarqaldi. Bu haqda 23-yanvar kuni 'Reuters' agentligi xabar berdi.'Oʻt atigi bir necha soat ichida Los-Anjelesning Iton tumanini kulga aylantirgan dahshatli yongʻinning uchdan ikki qismi darajasida kattalashdi', deyiladi xabarda.Kuchli shamol hamda qurigan oʻsimliklar koʻpligi sababli yongʻin juda tez tarqalmoqda. '31 ming kishi xavfsiz joyga koʻchiriladi,

31 Jan 15:22
 
22
0
xs.uz

“DeepSeek” ilovasi muvaffaqiyati fonida “Nvidia” 589 mlrd dollar yoʻqotdi

Amerikaning 'Nvidia' kompaniyasi qiymati Xitoyning 'DeepSeek' sunʼiy intellekti muvaffaqiyati fonida 589 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda Forbes xabar bergan.Grafik chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning narxi 3,5 trilliondan 2,9 trillion AQSH dollariga tushdi, bu esa 'Nvidia'ni eng qimmat kompaniya maqomidan mahrum qilgan.Kompaniya 'DeepSeek' mahsulotini sunʼiy intellekt sohasidagi ajoyib yutuq deb atagan. Lekin uning ishlashi uchun ham 'Nvidia' chiqaradigan grafik protsessorlar kerak.Xi

27 Jan 00:54
 
19
0
xs.uz

Bir poyezdan sakrab tushgan 12 kishini boshqa poyezd urib ketdi

Hindiston gʻarbidagi Maxarashtra shtatida poyezddan tushib qolmoqchi boʻlgan 12 kishini qoʻshni yoʻlda harakatlanayotgan boshqa bir poyezd bosib ketdi. Bu haqda CNN nashri'xabar bergan.Aniqlanishicha, yoʻlovchilarga poyezdda yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar berilgan va oʻnlab odamlar yongʻindan qochmoqchi boʻlib oʻz vagonlaridan sakrashgan. Natijada, qoʻshni yoʻlda harakatlanib kelayotgan boshqa bir poyezdning urib ketishi oqibatida 12 nafar yoʻlovchi halok boʻldi.'Dastlabk

31 Jan 15:22
 
24
0
xs.uz

AQSH poytaxti Vashingtonda dahshatli aviahalokat sodir boʻldi

AQSH poytaxti Vashingtonda havoda harbiy vertolyot bilan toʻqnashgan samolyot Potomak daryosiga quladi. Bu haqda 'CNN' nashri xabar berdi.Jahon axborot agentliklari xabariga koʻra, aviahalokat Oq uy va Kapitoliydan toʻrt kilometr janubda, Ronald Reygan nomidagi aeroport yaqinida sodir boʻlgan.Samolyot bortida 60 yoʻlovchi va 4 nafar ekipaj aʼzosi, vertolyotda esa 3 kishi boʻlgani aytildi. Hozirga qadar yoʻlovchi layneri qulagan daryodan 18 kishining jasadi olib chiqildi. Aviahalokatdan 4