calendar 11 Jan 11:25
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

YeI bahorda Kiyevga 1 million snaryad yetkazib beradi

image

Yevropa Ittifoqi o‘z va’dasini bajaradi va shu yilning mart yoki aprel oylarida Ukrainaga 1 million artilleriya snaryadlari yetkazib beradi. Bu haqda Yevroparlamentning “Yevropani yangilash” liberal fraksiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ichki bozor bo‘yicha Yevropa komissari Terri Breton ma’lum qildi. 

"Biz bu va’dada turibmiz, uning bajarilishi "mutlaqo realdir", degan Breton. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu maqsadga erishish uchun Yevropa Ittifoqi davlatlari uchinchi davlatlarga qurol eksportini kamaytirishi, shuningdek, milliy hukumatlar ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun mudofaa kompaniyalariga bosim o‘tkazishi kerak. 

Shuningdek, Terri Breton Yevropa Ittifoqi qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirishga va bir yarim-ikki yil ichida bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya bilan tenglashishga qodirligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, komissari Breton 100 milliard yevro miqdorida Yevropa mudofaa fondi EDIP’ni yaratish rejalarini e’lon qildi. Bu Yevropa mamlakatlariga ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qurol va mudofaa kompaniyalarini birgalikda sotib olish imkonini beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, fevral oyi boshida bo‘ladigan sammitda Yevropa Ittifoqining davlat va hukumat rahbarlari ushbu masalani muhokama qiladi. Yevropa komissari 27 fevral kuni fond loyihasini taqdim etish niyatida.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning mart oyida Yevropa Ittifoqi Ukrainaga bir yil ichida 1 million artilleriya o‘qini yetkazib berishga va’da bergan edi. Biroq, Yevropa qurol ishlab chiqaruvchilari ishlab chiqarish hajmini oshirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. O‘tgan yilning noyabr oyida Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius va’da qilingan o‘q-dorilarni o‘z vaqtida yetkazib berishda qiyinchiliklar borligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Germaniya hukumati Ukrainaga Leopard 2 tanklari uchun snaryadlar va 10 ta Marder jangovar mashinalarini yetkazib bergandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Aug 12:29
 
46
0
xs.uz

Telegram Durov hibsga olinganidan keyin ilk rasmiy bayonotni eʼlon qildi

Telegram jamoasi ijtimoiy tarmoq asoschisi va bosh direktori Pavel Durovning hibsga olinishiga birinchi marta rasmiy bayonotini eʼlon qildi.'Biz bu vaziyatning tezroq yechim topishini kutmoqdamiz. Telegram siz bilan', deyiladi bayonotda.

09 Oct 12:40
 
23
0
xs.uz

Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi

Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir

09 Oct 12:40
 
21
0
xs.uz

Shimoliy Koreya Ukrainada Rossiyaga yordam berayotgan boʻlishi mumkin — Seul

Ukraina kuchlarining yaqinda uyushtirgan hujumida Shimoliy Koreya askarlari halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya qoʻshinlari bilan birga jang qilyapti degan taxmin bor. Bu fikrlarni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xyon aytib oʻtdi.Vazir mahalliy siyosatchilarga 3-oktyabr kuni Donesk yaqinidagi Ukraina zarbasidan 6 nafar Shimoliy Koreya zobiti halok boʻlganligi ehtimoli yuqori ekanini maʼlum qildi. Bu haqda oʻtgan hafta Ukraina matbuoti xabar qi

25 Sep 13:14
 
22
0
xs.uz

Livan janubidagi minglab odamlar Isroilning kuchli bombardimonidan qochmoqda

Isroil armiyasi 800 ga yaqin nishonga zarba berganini eʼlon qilib, 'Hizbulloh' qurollari obyektlarini taʼqib qilayotganini maʼlum qildi.Dushanba kuni Isroil Livanning janubiy va sharqiy qismiga yuzlab havo hujumlarini uyushtirish oqibatida 500 ga yaqin kishi halok boʻldi. Isroil harbiylari aholini 'Hizbulloh' qurol saqlayotganini daʼvo qilgan joylarni zudlik bilan evakuatsiya qilishga chaqirdi.Minglab odamlar Livan janubidan qochib, Bayrutga olib boradigan asosiy magistralni toʻsib qoʻyis