NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida qoʻshimcha yordam berishga vaʼda berdi

'Ittifoqchilar Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarining keng spektrini yetkazib berishdi va bugun ular Ukraina mudofaasini yanada mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqladilar. NATO orqali ittifoqchilar Ukraina havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini mustahkamlashda davom etib, zaxiralarini kuchaytirish uchun 1000 tagacha 'Patriot' havo mudofaa raketalarini sotib olishmoqda', ' deyiladi yigʻilish yakunlari boʻyicha bayonotda.
Hujjatda aytilishicha, Germaniya Ukrainaga 'Patriot' va 'Skynex' havo mudofaa tizimlari, shuningdek, qoʻshimcha IRIS-T havo mudofaa tizimi raketalari yetkazib bergan, Buyuk Britaniya esa 200 ga yaqin havo hujumidan mudofaa raketalarini yubormoqda.
'Bugun ittifoqchilar Ukrainaga jiddiy harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam koʻrsatishda davom etishlarini ochiq aytishdi va koʻpchilik 2024-yilda milliardlab yevro qoʻshimcha yordam koʻrsatishni rejalashtirgan', ' deyiladi NATO bayonotida.
Uchrashuv elchilar darajasida boʻlib oʻtdi va Ukraina iltimosiga binoan chaqirildi. Kengashga NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg raislik qildi.
NATO-Ukraina kengashi alyansning 2023-yil iyulida boʻlib oʻtgan sammitida tuzilgan.
Oldinroq, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy NATOdan Ukrainaning alyansga kirishi boʻyicha aniq maʼlumotlarni talab qilgani haqida xabar bergandik.
Bungacha Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Ukrainadagi mojaroni hal qilish boʻyicha muzokaralar yoʻli ' jang maydonida qarama-qarshi tomonlar oʻrtasida muvozanatni saqlash kerakligini aytib oʻtgandi.
'Ukrainaga qurol yubormasligimiz kerak, chunki bu mojaroning kuchayishiga olib keladi, deganlardan farqli oʻlaroq, men buning aksi toʻgʻri, deb hisoblayman', ' degandi Meloni.
Uning qoʻshicha qilishicha, Gʻarb davlatlari Rossiya bilan qarama-qarshilikda Ukraina Qurolli Kuchlarining pozitsiyasini yaxshilash uchun ushbu mamlakatga harbiy va moliyaviy yordam koʻrsatishni davom ettirishi kerak. Bunday sxema, tinchlik muzokaralarini tezlashtirish va mojaroga barham berishga yordam beradi.
Los-Anjeles yaqinida yana bir kuchli oʻrmon yongʻini boshlandi
22-yanvar, chorshanba kuni Los-Anjeles shimolida sodir boʻlgan yangi oʻrmon yongʻini tezda 38 kvadrat kilometrdan koʻproq maydonga tarqaldi. Bu haqda 23-yanvar kuni 'Reuters' agentligi xabar berdi.'Oʻt atigi bir necha soat ichida Los-Anjelesning Iton tumanini kulga aylantirgan dahshatli yongʻinning uchdan ikki qismi darajasida kattalashdi', deyiladi xabarda.Kuchli shamol hamda qurigan oʻsimliklar koʻpligi sababli yongʻin juda tez tarqalmoqda. '31 ming kishi xavfsiz joyga koʻchiriladi,
“DeepSeek” ilovasi muvaffaqiyati fonida “Nvidia” 589 mlrd dollar yoʻqotdi
Amerikaning 'Nvidia' kompaniyasi qiymati Xitoyning 'DeepSeek' sunʼiy intellekti muvaffaqiyati fonida 589 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda Forbes xabar bergan.Grafik chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning narxi 3,5 trilliondan 2,9 trillion AQSH dollariga tushdi, bu esa 'Nvidia'ni eng qimmat kompaniya maqomidan mahrum qilgan.Kompaniya 'DeepSeek' mahsulotini sunʼiy intellekt sohasidagi ajoyib yutuq deb atagan. Lekin uning ishlashi uchun ham 'Nvidia' chiqaradigan grafik protsessorlar kerak.Xi
Bir poyezdan sakrab tushgan 12 kishini boshqa poyezd urib ketdi
Hindiston gʻarbidagi Maxarashtra shtatida poyezddan tushib qolmoqchi boʻlgan 12 kishini qoʻshni yoʻlda harakatlanayotgan boshqa bir poyezd bosib ketdi. Bu haqda CNN nashri'xabar bergan.Aniqlanishicha, yoʻlovchilarga poyezdda yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar berilgan va oʻnlab odamlar yongʻindan qochmoqchi boʻlib oʻz vagonlaridan sakrashgan. Natijada, qoʻshni yoʻlda harakatlanib kelayotgan boshqa bir poyezdning urib ketishi oqibatida 12 nafar yoʻlovchi halok boʻldi.'Dastlabk
AQSH poytaxti Vashingtonda dahshatli aviahalokat sodir boʻldi
AQSH poytaxti Vashingtonda havoda harbiy vertolyot bilan toʻqnashgan samolyot Potomak daryosiga quladi. Bu haqda 'CNN' nashri xabar berdi.Jahon axborot agentliklari xabariga koʻra, aviahalokat Oq uy va Kapitoliydan toʻrt kilometr janubda, Ronald Reygan nomidagi aeroport yaqinida sodir boʻlgan.Samolyot bortida 60 yoʻlovchi va 4 nafar ekipaj aʼzosi, vertolyotda esa 3 kishi boʻlgani aytildi. Hozirga qadar yoʻlovchi layneri qulagan daryodan 18 kishining jasadi olib chiqildi. Aviahalokatdan 4