calendar 10 Jan 17:10
eye 97
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

image

“Andijon” futbol klubining albaniyalik futbolchisi Rubin Hebayga O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) o‘z saytida ma’lum qildi.

”Liga 8 oy davomida oyning eng yaxshilarini o‘ziga xos uslubda aniqlab keldi. Ovoz berish jarayonida 18 nafar mustaqil ekspertlar ishtirok etdi. Mana shu ovozlar jamlanmasidan kelib chiqib, yilning eng yaxshisi aniqlandi”, deyiladi manba xabarida.

Hebay sovrin uchun kurashda 92 ochko to‘plab, “Metallurg” a’zosi Zabihillo O‘rinboyev va “Qizilqum” futbolchisi Islom Kenjaboyevni ortda qoldirdi. O‘rinboyev sovrin uchun kurashda 81 ochko to‘plagan bo‘lsa, Kenjaboyev 71 ochkoga ega bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, Hebay o‘tgan mavsum O‘zbekiston chempionatida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Andijon” bilan amaldagi shartnomasi shu yil oxiriga qadar amal qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
42
0
xs.uz

Oʻzbekiston yana bir Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi

18,19,20-avgust kunlari Samarqand shahrida ITKF Karate-do boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.Qayd etilishicha, 18-avgust kuni chempionatning rasmiy ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda 18 dan ortiq davlatlar ishtirok etdi.Chempionat: 6-8 yosh ' bolalar va qizlar, 9-13 yosh ' yoshlar va qizlar, 14-18 yosh ' oʻsmirlar va oʻsmir qizlar, 19-21+ kattalar va ayollar, 40+ faxriylar oʻrtasida oʻtkazildi.Umumiy hisobda:1-oʻrin Oʻzbekiston2-oʻrin Tojikiston3-oʻrin Turkmaniston.Jamoaviy kume

20 Sep 00:23
 
20
0
xs.uz

44 yoshli oʻzbekistonlik bokschi Polshada markaziy jangda ringga chiqadi

Oʻzbekistonlik sportchi Sherzod Husanov Polshaga joʻnab ketdi. U markaziy jangda mezbon Pavel Stepinringga qarshi chiqadi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar beradi.Maʼlumot uchun aytish mumkinki, 20-sentyabr kuni Polshaning Xoynitse shahrida professional boks turniri oʻtkaziladi. 'Babilon Promotion' promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu boks oqshomining markaziy jangida hamyurtimiz ringga koʻtariladi.Qayd etish kerakki, 34 yos

25 Sep 13:15
 
22
0
xs.uz

WBA Shahram Gʻiyosovning chempionlik jangiga buyruq berdi

Qayd etilishicha, WBA yarim oʻrta vazn toifasi chempioni Eymantas Stanionisning ushbu kamarga majburiy daʼvogar Shahram Gʻiyosovga qarshi jang oʻtkazishi kerakligini bildirgan. Endi bokschilarning jamoasi oʻzaro jang sanasi, manzili va shartlari boʻyicha kelishib olishi lozim.Maʼlumot uchun, Gʻiyosov bugungacha 16 ta jang oʻtkazgan va barchasida gʻalaba qozongan. U soʻnggi jangida meksikalik Migel Parra (22-4-1)ni magʻlubiyatga uchratgan edi. Toʻliq 10 raund davom etgan jangda hakam

08 Sep 16:45
 
36
0
xs.uz

5 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza… Oʻzbek bokschilariga yana bir muvaffaqiyatli boʻlgan turnir yakunlandi

3-7-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Grozniy shahrida boks boʻyicha 'Axmat-Xoji Qodirov' xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 5 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqdi.Oltin medalni qoʻlga kiritgan sportchilarimiz ichida 54 kgda Shaxzod Muzaffarov, 57 kgda Mirzabek Mirzahalilov, 63,5 kg: Abdulloh Maʼdaminov, 86 kgda Jasurbek Yoʻldoshev, 92 kgda Elyorbek Joʻraboyevlar bor.Kumush medaliga ega