calendar 10 Jan 16:55
eye 95
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Hech bir prezident “Salimboyvachcha”ning duosini olmagan – Tashiyev

image

Bugun, 10 yanvar kuni Qirg‘iziston Jogorku Keneshining bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev deputat Emil Jamg‘irchiyevning Salim Abduvaliyevga (“Salimboyvachcha”) bergan maktubini ko‘rsatdi. Bu haqda “AkiPress” xabar berdi. 

“Ushbu xat 10 sahifadan iborat. Uni u o‘z qo‘li bilan yozgan. Jamg‘irchiyev Abduvaliyevdan yordam so‘ragan.  Xatda u hokimiyatga tuhmat qilib, ularga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Bu qanday ahmoqlik?” deydi Tashiyev.

U maktubdan parchalarni o‘qib bergan.

“Uning yozishicha, Qamchibek Qidirshayevich undan 180 ming dollar undirgan. Ushbu bayonot asosida ish qo‘zg‘atilgan. Aniqlanishicha, 2 nafar yigit Jamg‘irchiyevning otasi bilan uchrashib, mening ism-sharifimni aytib, Qamchibek Qidirshayevichga pul kerakligini aytishgan. Ular Emil Jamg‘irchiyevning otasidan 180 ming dollar olib ketishgan. Biri Qadamjodan, ikkinchisi Suzoqdan. Biz ularni ushlab, otaciga 180 ming dollarni qaytarib berdik”, deydi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari.

Shuningdek, deputat Salim Abduvaliyevdan yordam so‘ragani fosh bo‘lgan.

“Hurmatli Salimboy aka, siz butun Markaziy Osiyoni nazorat qilasiz, sizga hamma itoat qiladi. Bizning Prezidentlarimiz Akayev, Bakiyev, Otunbayeva, Atambayev, Jeyenbekov, Japarovlar prezidentlikdan oldin doim sizdan ruxsat so‘rashgan. Men ham bularning barchasini bilib turib, sizdan yordam so‘rayman”, deyiladi deputatning xatida.

Bunga javoban Tashiyev hech bir prezident Abduvaliyevning duosini olmaganini aytgan.

“Bu qanday sharmandalik? Bu butun mamlakat uchun sharmandalik. Hech bir prezident jinoyatchining duosini olmagan. U menga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Xat borligini Jamg‘irchiyevning o‘zi ham tan olgan. Tasavvur qiling, deputatlar orasida shunday odamlar o‘tirishadi”, deydi Tashiyev.

Eslatib o‘tamiz, qirg‘izistonlik deputat Emil Jamg‘irchiyev qirg‘iz-o‘zbek chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda ayblanmoqda. Jamg‘irchiyev o‘zbekistonlik “Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyevdan yordam so‘ragan, u bilan yashirin uchrashuv o‘tkazish uchun 2022 yil dekabr oyida chegarani noqonuniy kesib o‘tib, Toshkentga borgan. 

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan Jinoyat kodeksining 378-moddasi (Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jamg‘irchiyev qidiruvga berilgan. O‘zbekiston tomoni ham uni hibsga olishga qaror chiqargan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
21
0
xs.uz

Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan Qrimdagi neft terminaliga zarba berdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush muhim bosqichga kirganini maʼlum qilganidan keyin mamlakat harbiylari bosib olingan Qrimdagi Rossiyaning urush harakatlari uchun muhim boʻlgan yirik neft terminaliga zarba berganini aytdi.'Tunda Qrimning vaqtincha bosib olingan Feodosiya shahridagi dushmanning dengizdagi neft terminaliga muvaffaqiyatli zarba berildi', ' deyiladi ukrainalik harbiylar tomonidan tarqatilgan xabarda.Moskva ham, Kiyev ham qimmatga tushayotgan urushni qanday davom ettirish

10 Oct 16:59
 
27
0
xs.uz

Isroil BMTning Livandagi missiyasiga hujum qildi

Isroil harbiylari BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari (UNIFIL) tinchlikparvar qoʻshinlari shtab-kvartirasi hududidagi obyektga qarata oʻt ochgan. Bu haqda 'Al Jazeera' telekanali missiyadagi manbaga tayanib xabar tarqatdi.'Isroil armiyasi Ras an-Nakuradagi shtab-kvartirasida UNIFIL kuchlarining kuzatuv minorasiga hujum qildi', ' deyiladi telekanal saytida.'Al Jazeera' manbalariga koʻra, jami Isroil harbiylari Livan janubidagi BMT tinchlikparvar kuchlarining uchta pozitsiyasiga oʻt ochgan, ik

09 Oct 12:40
 
20
0
xs.uz

Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi

Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir

03 Sep 21:35
 
32
0
xs.uz

Serbiya Rossiyadan emas, Fransiyadan qiruvchi samolyot sotib oladi

Serbiya va Fransiya fransuz qiruvchi samolyotlarini sotish uchun 3 milliard dollarlik bitimini imzoladilar. Ushbu jarayon Serbiyani anʼanaviy ittifoqchi va qurol yetkazib beruvchi Moskvadan uzoqlashtirishi mumkin.Serbiya Fransiyada ishlab chiqarilgan 12 ta 'Rafale' qiruvchi samolyotlarini sotib oladi. Shu yilning 29-avgust kuni Emmanyuel Makron ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun Belgradga tashrif buyurdi.'Biz Fransiya prezidentiga 'Rafale'ni sotib olishga imkon bergani uc