calendar 10 Jan 14:25
eye 120
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Amerika G‘azodagi qirg‘inlar uchun “litsenziya” bermoqda – Rossiya

image

Qo‘shma Shtatlar bosim va shantajdan foydalanib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashini Yaqin Sharq rezolyutsiyasining asl matnini o‘zgartirishga va unga G‘azodagi Falastin fuqarolarini o‘ldirish uchun “litsenziya” berishga majbur qildi. Bu haqda 9 yanvar, seshanba kuni BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Anna Yevstigneyeva aytib o‘tdi.

U Falastin-Isroil mojarosi hududida harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishni nazarda tutuvchi Rossiya tomonidan Yaqin Sharq rezolyutsiyasiga taklif qilingan tuzatishga AQSH veto qo‘yishini qoralagan.

“Bizning amerikalik hamkasblarimiz ayyorlik bilan samarali ikki tomonlama diplomatiya deb ataydigan eng iflos bosim va shantaj vositalaridan foydalanyapti. Bir necha kunlik faollikdan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar loyihaning asl maqsadini butunlay buzib ko‘rsatdi”, dedi diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington “O‘zining Yaqin Sharqdagi asosiy ittifoqchisi G‘azoda to‘liq pozitsiyasini saqlab qolish uchun o‘ta iflos o‘yin o‘ynagan.

“Matnda jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirish o‘rniga mutlaqo teskari ma’nodagi so‘z paydo bo‘ldi – jangovar harakatlarni to‘xtatish uchun shart-sharoit yaratishga chaqirish, ya’ni aslida Isroilning G‘azoda falastinlik tinch aholini o‘ldirishiga ruxsatnoma”, degan u.

Yevstigneyevaning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya G‘azodagi tinch aholini qutqarish bo‘yicha shartsiz ma’naviy imperativga amal qilgan va Xavfsizlik Kengashiga g‘azoliklarni qirib tashlashni davom ettirishga ijozat beradigan Amerika xohishi bo‘yicha tuzilgan hujjatni imzolashga ruxsat bera olmaydi. Shu sababli, Rossiya arab guruhi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan harbiy harakatlarni to‘xtatish zarurligi haqidagi dastlabki loyihani tuzatishni tarafdori.

Rossiya Federatsiyasining Doimiy vakili o‘rinbosari “Vashington bunga qarshi chiqish orqali aslida o‘zini fosh qildi va uning parda ortidagi  maqsadi – murosa matnini ishlab chiqish niyatida emasligini ko‘rsatdi”, degan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 16 oktyabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiyaning mojaro bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini ko‘rib chiqqan va uni rad etgandi. 18 oktyabrda esa Braziliyaning Yaqin Sharq rezolyutsiyasi loyihasi ham rad etildi, chunki Qo‘shma Shtatlar veto huquqidan foydalandi. 26 oktyabrda esa AQSHning o‘zi rezolyutsiya taklif qildi va unga Rossiya va Xitoy veto qo‘ydi. 8 dekabr kuni AQSH yana G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ygan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
58
0
xs.uz

Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi

Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.'Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi', degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha i

15 Apr 07:06
 
39
0
xs.uz

AQShda 17 yoshli yigit Trampga suiqasd uyushtirish uchun ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz ota-onasini oʻldirdi

Maʼlum boʻlishicha, Federal qidiruv byurosi oshkor qilgan hujjatga koʻra, 17 yoshli Nikita Kasap joriy yilning 11-fevral kuni otasi 51 yoshli Donald Mayer hamda onasi 35 yoshli Tatyana Kasapni oʻldirib, jasadlarni xonadondagi kiyimlar orasiga yashirib, 10 kundan ortiq vaqt davomida saqlab kelgan.Biroz vaqtdan soʻng, Nikita Kasab otasining shaxsiy avtomobilida harakatlanib ketayotganda yoʻl qoidasiga rioya qilmagani uchun shahar politsiyasi tomonidan toʻxtatilgan. Yigitning shubhali haraka

20 Mar 12:55
 
71
0
xs.uz

Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yoʻq qilmoqchi

AQSH prezidenti Donald Tramp bugun, 20-mart kuni Taʼlim vazirligini tugatish haqidagi farmonni imzolashi kutilmoqda. Bu haqda 'Politico' gazetasi hujjat loyihasiga tayanib yozmoqda.Nashrning yozishicha, tegishli hujjatda taʼlim vaziri Linda Makmaxonga idorani yopishga yordam berish uchun 'barcha zarur choralarni koʻrishi' taʼkidlanadi.'Prezident Donald Tramp payshanba kuni Taʼlim vazirligini tugatish jarayonini boshlash toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashga tayyor. Bu harakat orqali u saylovo

23 Mar 16:44
 
57
0
xs.uz

AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik “oltin kartalar” sotdi

AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik 'oltin kartalar' sotdi. Bu haqida Qoʻshma Shtatlar savdo vaziri Hovard Latnik 'All In' podkastidagi nutqida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda 'Financial express' nashri.Latnikning taʼkidlashicha, AQSH bir kun ichida mingta 'oltin karta' sotgan hamda bu orqali hukumat 5 milliard dollar daromad qilgan. Uning fikricha sotilgan 'Oltin kartalar'dan tushgan mablagʻlar davlat byudjeti defitsitini qisqartirishga yoʻnaltiriladi.Maʼlumot uchun, 'Oltin kartalar' max