calendar 10 Jan 12:00
eye 89
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yaqin Sharqda o‘ldirilgan jurnalistlar soni rekord darajaga yetdi

image

Yaqin Sharqdagi mojaro boshlanganidan beri o‘tgan uch oyda Ukrainadagi ikki yillik janglardan ko‘ra ko‘proq jurnalist halok bo‘ldi.

Bu haqda “The Washington Post” (WP) gazetasi G‘azo sektori ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Unga ko‘ra, 2023 yilning 7 oktyabridan beri Yaqin Sharqdagi mojaroda deyarli 110 nafar jurnalist halok bo‘lgan.

“Bu so‘nggi yillarda mojaro zonalarida o‘ldirilgan jurnalistlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich. G‘azoda bir necha oy ichida o‘ldirilgan jurnalistlar ikki yil davomida Ukrainada qurbon bo‘lgan OAV xodimlari sonidan oshib ketdi”, deb yozadi nashr. 

Biroq manba Ukrainada qancha jurnalist halok bo‘lganini ochiqlamagan.

Gazetaning qayd etishicha, G‘azo sektorida Falastin-Isroil mojarosi avj olgandan beri har o‘ninchi jurnalist o‘ldirilgan.

Isroilning Falastin anklaviga bergan zarbalarining so‘nggi qurbonlari Qatarning “Al-Jazeera” telekanalining suratga olish guruhi a’zolari bo‘lgan. 

Shuningdek, Isroil tomonidan o‘ldirilgan jurnalistlar qatorida Qatar telekanali xodimi Mustafo Turaya va HAMAS asoschisi va ruhiy yetakchisi Shayx Ahmad Yasinning nabirasi Ali Salim Abu Ajani keltirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil yakuni bo‘yicha jurnalistlar haqidagi tahliliy maqolamizda O‘zbekiston va jahondagi OAV xodimlarining achinarli qismati haqida yozgandik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
19
0
xs.uz

Buyuk Britaniya 4 kunlik ish haftasiga oʻtishi mumkin

200 ta Buyuk Britaniya kompaniyasi oʻz xodimlarining amaldagi ish haqini saqlab qolgan holda 4 kunlik ish haftasiga oʻtishini maʼlum qildi. Bu haqda 'The Guardian' nashri xabar qildi.'4 Day Week Foundation'ning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 5000 dan ortiq kishi faoliyat olib boradigan ushbu kompaniyalarning aksariyat qismini xayriya tashkilotlari, marketing va texnologiya firmalari tashkil etadi. Ular 5 kunlik modelni eski iqtisodiy davrdan qolgan va endi undan foydalanish kerak emas,'deb

31 Jan 15:22
 
21
0
xs.uz

AQSH poytaxti Vashingtonda dahshatli aviahalokat sodir boʻldi

AQSH poytaxti Vashingtonda havoda harbiy vertolyot bilan toʻqnashgan samolyot Potomak daryosiga quladi. Bu haqda 'CNN' nashri xabar berdi.Jahon axborot agentliklari xabariga koʻra, aviahalokat Oq uy va Kapitoliydan toʻrt kilometr janubda, Ronald Reygan nomidagi aeroport yaqinida sodir boʻlgan.Samolyot bortida 60 yoʻlovchi va 4 nafar ekipaj aʼzosi, vertolyotda esa 3 kishi boʻlgani aytildi. Hozirga qadar yoʻlovchi layneri qulagan daryodan 18 kishining jasadi olib chiqildi. Aviahalokatdan 4

27 Jan 00:54
 
16
0
xs.uz

Bir poyezdan sakrab tushgan 12 kishini boshqa poyezd urib ketdi

Hindiston gʻarbidagi Maxarashtra shtatida poyezddan tushib qolmoqchi boʻlgan 12 kishini qoʻshni yoʻlda harakatlanayotgan boshqa bir poyezd bosib ketdi. Bu haqda CNN nashri'xabar bergan.Aniqlanishicha, yoʻlovchilarga poyezdda yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar berilgan va oʻnlab odamlar yongʻindan qochmoqchi boʻlib oʻz vagonlaridan sakrashgan. Natijada, qoʻshni yoʻlda harakatlanib kelayotgan boshqa bir poyezdning urib ketishi oqibatida 12 nafar yoʻlovchi halok boʻldi.'Dastlabk

27 Jan 00:54
 
19
0
xs.uz

Pentagon noqonuniy migratsiyaga qarshi Meksika chegarasiga qoʻshin yuboradi

Donald Tramp AQSH-Meksika chegarasida favqulodda holat eʼlon qildi va Pentagonga u yerga qoʻshinlar, uchuvchisiz samolyotlar va boshqa jihozlarni yuborish, shuningdek, chegara devori qurilishini qaytadan boshlashni buyurdi. Bu haqda 'The Washington Post' gazetasi AQSH bojxona va chegarani himoya qilish xizmati hujjatlariga tayanib xabar bermoqda.AQSH Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Robert Salessesning aytishicha, birinchi toʻlqin bilan chegaraga kamida 1500 nafar quruqlik qoʻshinini jo