calendar 09 Jan 22:31
eye 100
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshloq tumanida oʻtgan yili qurilish va qishloq infratuzilmasini yaxshilashda yuqori koʻrsatkichlarga erishildi

image
Oʻz navbatida davlatimiz rahbarining yuqoridagi qaroriga muvofiq, oʻtgan qisqa davrda 20 ta MFYda 131 km masofada qiymati 48 milliard 453 million soʻmlik ichimlik suvi tarmogʻi tortildi.

Oʻtgan yili 'Ochiq byudjet' dasturining birinchi bosqichida gʻolib boʻlgan 14 ta ijtimoiy soha obyektlari uchun 13 milliard 162 million soʻm mablagʻlar yoʻnaltirilib, maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 10 ta, tuman tibbiyot birlashmasining 3 ta hamda kasb hunar maktabining 1 ta obyektida qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

' Oʻtgan yili davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida tumandagi 100 ta ijtimoiy soha obyektiga 129 ta isitish qozonlari oʻrnatildi hamda isitish tizimi toʻliq yangilandi, ' deydi Toshloq tumani hokimi oʻrinbosari Avazbek Dehqonov. ' Shu tariqa tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan 15 milliard 329 million soʻmlik ish bajarilgan boʻlib, 50 foiz davlat ulushi, yaʼni 7 milliard 664 million soʻm oʻz vaqtida toʻlab berildi.

Toshloq tumanida 2023-yili Investitsiya dasturi boʻyicha 'Togʻliq' MFYda umumiy qiymati 5 milliard 201 million soʻmlik 120 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti qurish, 'Furqat' MFYda 2 milliard 677 million soʻmlik tuman Tibbiyot birlashmasining 25 oʻrinli shoshilinch tez tibbiy yordam, 30 oʻrinli jarrohlik, 85 oʻrinli tugʻruq, 35 oʻrinli terapiya boʻlimlarini kapital taʼmirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Botir MADIYOROV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

12 Apr 21:14
 
23
0
xs.uz

Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,

04 Apr 16:19
 
35
0
xs.uz

Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland