calendar 09 Jan 18:20
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashadi. Ular nimani gaplashmoqchi?

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va uning turkiyalik mavqedoshi Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda Turkiya yetakchisi ma’muriyati ma’lum qildi.

"Hozircha uchrashuv sanasi va joyi haqida hech narsa ma’lum emas. Biroq allaqachon kun tartibi tuzilgan hamda bu boradagi diplomatik ishlar olib borilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Siyosatshunos Dmitriy Juravlev muzokaralar chog‘ida ikki davlat rahbarlari qanday mavzularga to‘xtalishi mumkinligi haqida “360 TV”ga aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, Putin va Erdo‘g‘an asosan tashqi siyosiy masalalarni muhokama qiladi.

“Gaplashadigan gaplar yig‘ilib qolgan. Misol uchun, Janubiy Kavkazdagi vaziyat yoki don kelishuvi asosiy mavzu bo‘lishi mumkin”, degan u.

Uning fikricha, Turkiya don kelishuvini yolg‘iz amalga oshirolmaydi va boshqa davlatlar bilan muzokara olib borishi kerak. 

Shuningdek, Rossiya va Turkiya yetakchilari Yaqin Sharq, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojaro, Qora dengiz bo‘g‘ozlari bilan bog‘liq masalalarga ham to‘xtaladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 5 yanvar kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqara vositachilik rolini o‘z zimmasiga olishga va Ukrainadagi qurolli mojaroga barham berish uchun tinchlik muzokaralarini olib borishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Esatib o‘tamiz, 2023 yilning avgust oyidagi telefon suhbati davomida Erdo‘g‘an Putinga Anqara don kelishuvini qayta boshlash uchun jadal harakatlarni davom ettirishini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
62
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

12 Apr 21:15
 
38
0
xs.uz

Hindiston va Nepalda kuchli yogʻingarchilik hamda chaqmoq urishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi

Hindiston va Nepalning baʼzi hududlarida mavsumiy kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 9-aprel, chorshanba kuni boshlangan kuchli yogʻingarchilik ayni vaqtda ham davom etmoqda. Rasmiylarning taʼkidlashicha, yogʻingarchilik oqibatida 100 nafardan ortiq inson halok boʻlgan.Tabiiy ofatlarni boshqarish departamenti Hindistonning 'Bihar' hududida soʻnggi ikki kun ichidagi yogʻingarchilik oqibatida ha

21 Apr 08:34
 
331
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida soʻnggi 48 soat ichida 92 nafar falastinlik halok boʻldi

Isroilning soʻnggi 48 soat ichida Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 92 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Kecha, 18-aprel kuni Isroil harbiy kuchlarining Gʻazo hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 58 nafar falastinlik halok boʻlgan, oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishi tufayli halok boʻlayotgan falastinliklar soni kundan kunga ortib bo

16 Apr 15:12
 
45
0
xs.uz

AQSH Ukrainaning “qarzini” uch barobarga kamaytirdi

Kiyev vakillari bilan muzokaralar yakuniga koʻra, AQSH Ukrainaga ajratilgan yordam uchun ajratilgan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha oʻz talablarini uch barobarga qisqartirgan. Bu haqda 'Bloomberg' vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Oʻtgan hafta Vashingtonda boʻlib oʻtgan muzokaralar yakuniga koʻra, prezident Donald Tramp maʼmuriyati koʻrsatilgan yordam miqdorini 300 milliard dollardan 100 milliard dollarga tushirdi', ' deyiladi manbada.Agentlik manbalariga koʻra, O