Toshkentda Oliy sud xodimi 10 ming dollar, Surxondaryoda esa sudya katta yordamchisi 6 ming dollar bilan qo‘lga olindi


Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati katta konsultanti fuqarodan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, u muqaddam sudlangan 2 nafar shaxsga nisbatan Oliy sudning Jinoiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida kassatsiya tartibida ko‘rilayotgan jinoyat ishini Farg‘ona viloyat sudiga o‘tkazgan holda, ularning oqlanishiga yordam berishni va’da qilgan.
Boshqa holatda esa Surxondaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining sudya katta yordamchisi mahalliy tadbirkorning ishonchiga kirib, uning appelyasiya bosqichida ko‘rilayotgan da’vo arizalarini sudyalar orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 6 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, sudya katta yordamchisi muqaddam tadbirkorning Termiz tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasini ijobiy hal qilib berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilib, 600 AQSH dollari olganligi ham ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlatimiz rahbari tashrif davomida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qiladi, bunyodkorlik ishlari va turli loyihalar bilan tanishadi.
Oʻzbekistonning 9 viloyatida sel xavfi eʼlon qilindi
Kelayotgan hafta davomida Oʻzbekistonning 9 ta viloyati hududida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda 'Oʻzgidromet' agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 23-27-mart kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.Quyidagi hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin:'Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvch
Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi
Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam bo
Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?
2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg