
Foto: “Xalq soʻzi”
Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahridan oqib oʻtgan Obi Rahmat va Siyob ariqlarining atrofi tozalanib, hududda mahalliy aholi va sayyohlarga maroqli hordiq chiqarishlari uchun sharoit yaratilmoqda. Bu ishlar viloyat hokimi taklifiga koʻra, bir guruh tadbirkorlarning tashabbusi bilan amalga oshirilyapti.
Mana ikki oydan buyon tadbirkorlar oʻz mablagʻlari hisobidan Xalqaro turizm markazidan boshlanuvchi 18 kilometrlik Siyob arigʻining ikki tomonida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, Obi Rahmat, Xoʻja Doniyor mahallasi aholisi, shuningdek, “SFX” qurilish korxonasining 100 ga yaqin ishchilari Xoʻja Doniyor majmuasidan akademik Vohid Abdullayev koʻchasigacha boʻlgan 2 kilometrlik hududni tozalab, ariqning ikki tomonidan 4 metrlik velo va piyodalar yoʻlaklari qurish ishlarini yakunlashdi.
Majmua atrofidagi 400 metrlik devor-toʻsiq olib tashlandi. “Yashil makon” loyihasi asosida butasimon va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqaziladi.
— Tadbirkorlarning tashabbus bilan chiqishi barchaga, jumladan, Xoʻja Doniyor mahallasi ahliga ham maʼqul keldi, — deydi Xoʻja Doniyor majmuasi direktori Zafar Mahmudov. — Toʻsiqlar borligi tufayli koʻpchilik sayyohlar maqbarani topolmay, adashib oʻtib ketardi. Devor olib tashlangach, mahalla ahli ham oʻz xonadonlarining tashqi koʻrinishiga eʼtibor bermoqda. Bir nechta uy-mehmonxonalar ochilyapti.
Hashar yoʻli bilan obodonlashtirilayotgan hududdan 300 tonna atrofida maishiy chiqindi tashib ketildi. Ayni vaqtda quruvchilar ariq boʻylariga chim yotqizib, daraxt koʻchatlari oʻtqazmoqda.
— Ikki kilometr masofaga sugʻorish tarmoqlari tortilib, 90 ta tungi chiroq, 50 ta oʻrindiq va temir panjaralar oʻrnatildi, — deydi “SFX” MCHJ ish boshqaruvchisi Sherzod Aliyev. — Yoʻlaklarda 1,5 ming kub temir-beton ishlari bajarildi. Qurilish ishlariga xalaqit bermasligi uchun yer ostidan oʻtgan 700 metr masofadagi tabiiy gaz tarmoqlari yer ustiga olindi. Shuningdek, ikki qirgʻoqni bir-biri bilan bogʻlab turadigan 3 ta koʻprik quriladi.
Obodonlashtirish ishlari jarayonida Obi Rahmat mahallasidagi birorta xonadon buzilmadi. Faqat noqulay joylashgan qoʻshimcha bino va devorlar balandroq koʻtarilib, atrofi obod qilindi.
— Archa, majnuntol kabi daraxt koʻchatlari oʻtqazib, chim yotqizdik, — deydi korxona ishchisi Hasan Saymerov. — Ariqning tubigacha tozalab chiqdik. Yopilib ketgan buloq koʻzlari ham qayta ochildi shekilli, endilikda ilgarigidek oqova emas, balki tiniq suv oqa boshladi.
Bu yerda obodonlashtiriladigan hudud Samarqand tumanining Qoʻshtamgʻali mahallasidan boshlanib, Qaynama mahallasigacha boʻlgan masofani oʻz ichiga oladi. Kelgusida loyihalarga koʻra, kollektorning ikki qirgʻogʻida yengil konstruksiyalar asosida dam olish maskanlari, bogʻlar barpo etiladi, milliy taomlar oshxonasi va hunarmandchilik ustaxonalari joylashtiriladi. Kollektor yoqalab 4 ta asosiy koʻchalarda piyodalar yoʻlagi qilinadi. Shundan keyin aholining katta koʻchani kesib oʻtmasligi uchun 4 ta tonnel ham quriladi.
Mana shunday xayrli ishlar natijasida Samarqand shahridan oqib oʻtuvchi, bir paytlar chiqindi bosib yotadigan kanal va kollektorlar tozalanib, ulardan zilol suv oqa boshladi. Atrofi obod maskanga aylanyapti.
Biroq keyingi paytlarda aholi tomonidan kanallarga yana chiqindi tashlash va kanalizatsiya quvurlarini yoʻnaltirib qoʻyish holatlari kuzatilyapti. Shu oʻrinda aytish kerakki, fuqarolarimizning suvga boʻlgan munosabati oʻzgarmas ekan, qilinayotgan mehnat samarasiz boʻlib qolaveradi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi
Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi
Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a