Adliya vazirligi qarg'ish uchun javobgarlik belgilanayotganini rad etdi

Taʻkidlanishicha, 4 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «qarg'ish uchun ham javobgarlik belgilanmoqda» mazmunidagi xabarlar tarqatilib, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida xuddi shu mazmundagi hujjat loyihasi muhokamaga qo'yilgani ko'rsatilgan.
Biroq ushbu havola ustiga bosilganda, bunday sahifa mavjud emasligini anglatuvchi «404» yozuvi chiqib keladi.
Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O'rinboyeva mazkur xabar haqiqatga to'g'ri kelmasligi, ushbu mazmundagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarilmaganini bildirdi.
«Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan loyihalarga tizim tomonidan avtomatik ravishda tegishli identifikatsiya (ID) raqami beriladi va ushbu ID raqam havolada aks etadi.
Misol uchun, Vazirlar Mahkamasining «Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi»ni aniqlash bo'yicha respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori loyihasiga tizim tomonidan 83183 ID raqami berilgan va bu tegishli havolada ham aks etgan», deyiladi xabarda.
Vazirlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va kanal maʻmurlaridan yolg'on va noxolis, tekshirilmagan axborotlarni jamoatchilikka tarqatish orqali fuqarolarimizda turli xil tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishga yo'l qo'ymaslikni so'ragan.
Yemirilishga chidamli va mustahkamlik darajasi yuqori
Kuni kecha mazkur loyiha doirasida to'g'on yuvish galereyasida yemirilishga chidamli va mustahkamlik darajasi yuqori bo'lgan (M800) beton quyish ishlari amalga oshirildi.'Suv omboridan yillik qattiq oqimni (suvda erigan va tubda to'plangan cho'kindilar) yuvish jarayonida umumiy hajmi 1 mln.m³ bo'lgan suv GES binosi va beton to'g'on ichida joylashgan yuvish galereyasi orqali o'tkaziladi. Bu jarayonda yuvish galereyasi inshootining kontakt yuzasiga katta gidrostatik yuklama ta'sir qiladi.Asosiy i
Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi
Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)
OTB Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes rivoji uchun 3,4 milliard dollari ajratadi
Unga koʻra, pul yurtimizda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilib, 2025-yil soʻngiga qadar 400 million dollar miqdorida moliyalashtirish koʻzda tutilgan.Xalqaro moliya institutining ustuvor yoʻnalishlari 'yashil' loyihalar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻladi. Shuningdek, bank kichik va oʻrta biznesni xalqaro savdo zanjirlariga integratsiyalashuviga alohida eʼtibor qaratiladi.Taʼkidlash joiz, strategiyaning rasmiy taqdimoti 2025-yil aprel oyida
24 SOAT SЕRGAKLIK BILAN
«Qo‘rg‘ontepa tumani Ichki ishlar bo‘limi Navbatchilik qismi eshitadi». Bu navbatchilik qismlarida har kuni bir necha marta yangraydigan jumla. Mana shu ikki og‘iz so‘zning o‘zi ilinj bilan qo‘ng‘iroq qilayotgan fuqaroda katta umid uyg‘otadi. Uni eshituvchi, muammosini hal qiluvchi davlat idorasi borligidan ko‘ngli taskin topadi. Tuman IIB Navbatchilik qismida 6 nafar xodim faoliyat yuritadi. Shu kuni navbatchilikda bo‘lgan mayor G‘iyosiddin Norinboyev 10 yildan bu