
Maʼlumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi qarori bilan 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni, deb eʼlon qilingan edi. Shundan buyon ushbu sana butun dunyo boʻylab aqlan yoki jismonan nuqsoni boʻlgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan turli tadbirlar, xayriya aksiyalari oʻtkaziladi.
Sana munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida ham “Hech kim mehr va eʼtibordan chetda emas” shiori ostida koʻplab ana shunday tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, viloyat musiqali-drama teatrida nogironligi boʻlgan fuqarolar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar koʻrgazma-savdosi tashkil etildi. Unda viloyat hokimi boshchiligidagi turli davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, nogironligi bor kishilar yaratgan mahsulotlardan xarid qilishdi.
Shu kuni jismoniy imkoniyati cheklanganiga qaramasdan, biror-bir hunarni puxta egallagan va bu ishni oʻzining faoliyat yoʻnalishiga aylantirgan fuqarolar tomonidan tayyorlangan zargarlik, bijuteriya, kulollik, haykaltaroshlik mahsulotlari, turli aksessuarlar, oʻyinchoqlar va boshqa sanʼat asarlarining bozori qizidi.
— Yoshligimdan suratlar chizishga qiziqaman, — deya oʻz fikrlarini imo-ishoralar orqali bayon etadi Qarshi shahridagi 17-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi oʻquvchisi Isidora. — Bugun oʻzimning eng yaxshi suratlarimni koʻrgazmaga olib kelgandim. Ularning barchasini ishtirokchilar sotib olishdi. Chizgan suratlarim boshqalarga manzur boʻlganidan juda baxtiyorman. Kelgusida yetuk rassom boʻlishni maqsad qilganman.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida sana munosabati bilan 50 nafardan ziyod bolajonlarning sunnat toʻylari va nogironligi mavjud yoshlarning nikoh toʻylari oʻtkazib berildi.
Toʻy tantanalarida viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etib, sunnat boʻlayotgan bolajonlar va yosh oilalarni nikoh toʻylari bilan tabrikladi. Toʻy sohiblariga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Qashqadaryo viloyatida “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Qayd etilishicha, Departamentning Chiroqchi tumani boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.O. (muqaddam sudlangan) fuqaro E.A.ga 4 000 AQSh dollarini 52 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 4,1 ming AQSh dollari va 32,8 ming Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.Shuningdek, Departamentning Kitob tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimma
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur
Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Italiya Prezidenti bosh kotibiyatining 'Gazzetta Ufficiale''hukumat gazetasi rasmiy saytida'eʼlon qilingan'roʻyxatga Italiya va xorijiy mamlakatlarning boshqa taniqli arboblari ham kiritilgan.Aytish joiz, 'Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun' (Ordine al Merito della Repubblica Italiana) ordeni Italiyaning oliy davlat mukofoti boʻlib, 1951-yil 3-martda taʼsis etilgan. U Italiya fuqarolari va chet elliklarni adabiyot, sanʼat, iqtisodiyot, xayriya, ijtimoiy va gumanitar faoliyat soh
Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi
Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam bo