Toshkent jamoat transporti bosqichma-bosqich toʻliq “yashil transport” tizimiga oʻtkaziladi


“Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroyi filiallarida 2 017 dona harakat tarkibi mavjud boʻlib, shundan 672 donasi dizel yoqilgʻisida (33 %), 1 020 donasi tabiiy gaz yoqilgʻisida (50 %), 324 donasi elektr energiyasida (17 %) harakatlanadi.
2022–2023-yillarda sotib olingan avtobuslarning 58,7 foizi siqilgan tabiiy gazda, 21,4 % foizi elektr energiyasida harakatlanadi.
Natijada, harakat tarkibining oʻzidan chiqadigan zararli moddalar miqdori 2022-yilda 5,1 ming tonnani, 2023-yilda 4,8 ming tonnani tashkil etilishiga erishildi.
2024–2030-yillarda qoʻshimcha 1 200 dona elektrobus xarid qilish va avtobuslarni tabiiy gaz yoqilgʻisiga oʻtkazish koʻzda tutilgan.
2024-yilda harakat tarkibini 200 dona elektrobus bilan yangilash orqali zararli moddalar miqdorini yillik 4,6 ming tonnagacha kamayishiga erishish rejalashtirilgan.
“Obod xonadon” sohibiga quyosh batareyalari oʻrnatib beriladi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Oltiariqning olis hududlari sirasiga kiruvchi 'Azimobod' mahallasi keyingi yillarda tumanning eng obod va fayzli goʻshasiga aylanib bormoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida mahalladagi ichki yoʻllar toʻliq asfaltlashtirildi, ichimlik va oqava suv tarmoqlari yangilandi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi zamonaviy mezonlar asosida taʼmirdan chiqarilib, oʻnlab yangi xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalari bunyod etildi. Ayni paytda mahalliy byudjet mablag
Prezident Yangi Andijonga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi
Bildirilishicha, davlat rahbari Yangi Andijon shahridagi 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida oʻtayotgan xalq saylida soʻzga chiqib, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan oʻzbek xalqi va millatini butun dunyoga tarannum etgan shoh va shoir ' Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qilgan.'Ishonchim komil', bu tashabbus har tomonlama xalqimizning koʻnglidagi ish boʻladi. Nega deganda, hazrati Bobur ' jahon tari
Xiva: Ichan qal’a – tarix va zamon ko‘zgusi
Xiva ' ming yillar bag'rida sayqallangan tarixiy shahar. Uning yuragi bo'lmish Ichan qal'a esa betakror me'moriy yodgorliklari bilan bugun ham o'z maftunkorligini yo'qotmagan. Ushbu qadimiy qal'a nafaqat O'zbekiston, balki butun jahon madaniy merosining durdonalaridan biri sifatida e'tirof etiladi.Ichan qal'a devorlari ichida qad ko'targan madrasalar, masjidlar va minoralar ko'hna shon-sharafdan so'zlaydi. Ko'hna yo'laklardan yurib, Muhammad Aminxon madrasasi, Kalta Minor, Juma masjidi singari t
Keksalar uchun uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida 'Keksalar reyestri'da turuvchi shaxslarga uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markaziga biriktirilgan, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha '0' balldan '62' ballgacha baholangan 5 nafar shaxs ushbu xizmat turidan foydalanmoqda.'Keksalar reyestri', keksalar uchun uyda t