calendar 02 Dec 15:54
eye 208
comments 0
comments Manba: zarnews

Sud-huquq tizimi faxriylari va yosh sudyalar uchrashdi

image

Samarqand viloyati sudida uch avlod uchrashuvi o'tkazildi. Tadbirda O'zbekiston sudyalar assotsiatsiyasi raisi Ubaydulla Mingboyev, faxriylar, bugungi kunda faoliyat ko'rsatayotgan sudyalar va tizimning yosh xodimlari ishtirok etdi.

Dastlab nafaqadagi to'rt nafar faxriylar Ahmad Husenov, Mamayusuf Sheryigitov, To'lqin Qodirov va Arslon Usmonovga "O'zbekiston sud faxriysi" guvohnomasi taqdim etildi. 

Guvohnomalarni U. Mingboyev tantanali ravishda topshirdi.

So'ngra O.Hayitov soha faxriylarining mehnat faoliyati barcha sudya va sud xodimlari uchun ibrat maktabi ekanligini, shuningdek, faxriylar bugungi kunda ham shogirdlarga yo'l-yo'riq ko'rsatib katta ko'mak berayotganlarini taʻkidladi.

Ubaydulla Mingboyev "Uch avlod uchrashuvi"ning ahamiyati, samarasi, ustoz-shogirdlik munosabatlarining hayotda va xususan, sud tizimida juda muhimligini misollar bilan tushuntirdi. Shuningdek, sudning kecha va bugungi kuni, sobiq sovet davridagi qatag'onlar, sud tizimi bosib o'tgan mashaqqatli va suronli davrlar haqida gapirdi. Sohada fidoyilik bilan ishlab, tizim rivoji uchun katta hissa qo'shgan ustozlar yodga olindi, ularning faoliyatidan misollar keltirildi. Ustoz shogirdlarga nasihatlar qilib, pok vijdon, halollik, adolat, kuchli bilim va hayotiy tajriba sudyaning borlig'i bo'lishi lozimligini taʻkidladi.

Tadbirda faxpiylardan Alisher Mardiyev, Ibrohim Ochilov, viloyat sudi sudyasi Bahodir Aliqulov yurtimizda mazkur sohada ro'yobga chiqarilayotgan o'zgarishlarning mohiyati va ahamiyati haqida alohida to'xtalib o'tdi.

Tadbirda yosh avlod vakillari ustozlar yo'lidan borib, adolatni ustuvor bilish va eʻtirofga loyiq bo'lish haqida gapirdi.

Samarqand viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo'limi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

12 Apr 21:14
 
23
0
xs.uz

Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,

04 Apr 16:19
 
35
0
xs.uz

Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland