
Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan joylarda “Obod xonadon — obod koʻcha — obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari hamda tegishli vazirlik va idora vakillaridan tashkil topgan Respublika ishchi guruhi boshchiligida shunday ezgu ishlar Toshkent viloyatida ham olib borilmoqda.
Oʻtgan ikki yarim oy mobaynida Toshkent viloyati boʻyicha tanlangan 4 ta “ogʻir” mahallada – Piskent tumanidagi “Suvti”, Bekobod tumanidagi “Xonobod”, Oqqoʻrgʻon tumanidagi “Boygʻulli” va Quyichirchiq tumanidagi “Koʻksaroy” MFYlarda 41 ta koʻchada bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Dasturga koʻra 966 ta oʻta ogʻir sharoitda yashayotgan fuqarolarning turar joylari kapital taʼmirlab berildi. Mahallalarda 5,8 km yoʻl shagʻal yotqizildi, 3 772 m2 piyoda yoʻlaklari qurildi. Besh kilometrga yaqin uzunlikdagi yangi elektr tarmogʻi tortildi, 253 dona yoritish chiroqlari oʻrnatildi, 2 ta yangi transformator oʻrnatilib, 11 tasi kapital taʼmirlandi, 1 mingdan ziyod simyogʻoch ustunlarni beton ustunlarga almashtirildi, 82 ta yangi qoʻshimcha temir-beton ustunlar oʻrnatildi.
Gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida 12 ta gaz taqsimlash punkti, 35,2 km gaz tarmogʻi taʼmirlandi. Aholi talabidan kelib chiqqan holda xonadonlarga qoʻshimcha 126 ta suyultirilgan gaz ballonlari, 12 tonna koʻmir yetkazib berildi.
Aholining yordamga muhtoj qatlami ijtimoiy hamda tibbiy muhofazasi masalalari ham Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida boʻldi. Xususan, 289 nafarini doimiy ish joyi bilan taʼminlashda, 36 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishida, 26 nafariga esa 625 mln. soʻm imtiyozli kredit olishiga koʻmaklashildi. “Temir daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”dagi 80 ga yaqin fuqaroga 100 mln. soʻmdan ziyod turli moddiy yordamlar koʻrsatildi.
Shu bilan birga 10 mingga yaqin fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Koʻrik natijasiga koʻra 47 nafariga davolanish uchun bepul order berildi va shifoxonaga joylashtirildi, 500 ga yaqin fuqaro bepul dori-darmon vositalari bilan taʼminlandi.
Mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni sogʻlomlashtirish maqsadida ham turli targʻibot-tashviqot ishlari ham olib borildi. Xonadon madaniyatini yuksaltirish, oilalarda farzand tarbiyasi, kitobxonlikni targʻib qilish, sport tadbirlari, “Uch avlod uchrashuvlari” kabi yuzdan ziyod tadbirlar shular jumlasidan.
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.
Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi
Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy et
Toshkentda 180 dan ortiq mamlakat parlamentlari rahbarlari yigʻiladi
Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Parlamentlararo ittifoqning 150-yubileyi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati maʼlum qildi.Taʼkidlanishicha, mazkur anjuman 2025-yilning 5-9-aprel kunlari oʻtkaziladi. Forumda 181 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirni prezident Shavkat Mirziyoyev ochib beradi.Bildirilishicha, yigʻilishning asos
Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qatar Shoʻro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-Gʻanim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar Oʻzbekiston va Qatar parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, oli
Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal