
Foto: “Xalq soʻzi”
Soʻnggi yillarda Qashqadaryo viloyatida gʻalladan yoki boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlaridan boʻshagan maydonlarda takroriy ekin sifatida brokkoli yetishtirish tobora ommalashib bormoqda.
Qamashi tumanida faoliyat yuritayotgan “Nurmanova Xurshida” sabzavotchilik fermer xoʻjaligi rahbari Sherzod Mahmatmurodov ham bir necha yildan buyon brokkoli yetishtirib, undan yaxshi daromad olyapti.
Brokkoli gulkaramning bir turi boʻlib, eng servitamin va parhezbop sabzavotlardan hisoblanadi, — deydi Sherzod Mahmatmurodov. – Shu sabzavotni yetishtira boshlagach uning tarixi, foydali xususiyatlari haqidagi maʼlumotlarni qiziqib oʻrgandim. Manbalarga koʻra, brokkolini ilk bor italiyaliklar isteʼmol qila boshlashgan va u dastlab “Italiya sarsabili” deb atalgan ekan. Keyinchalik “brokkoli” degan nom bilan yuritilgan. Toʻgʻri, ayni vaqtda brokkoli isteʼmoli yurtimizda unchalik ommalashmagan, lekin jahon bozorida juda xaridorgir. Biz ham yetishtirgan mahsulotimizning asosiy qismini eksportga yoʻnaltiryapmiz.
Fermerning qoʻshimcha qilishicha, bizdagi iqlim va tuproq sharoiti brokkoli yetishtirish uchun juda qulay. Ayniqsa, gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroriy ekin sifatida ekilganida ham yaxshi samara beradi. Baʼzida kuzning oʻrtalariga borib yogʻin-sochinli, sovuq kunlar boshlanib qolishi mumkin. Bunday paytda hali toʻliq pishib yetilmagan ayrim takroriy ekinlar oʻz-oʻzidan nobud boʻladi. Biroq brokkoli sovuqqa juda chidamli. Hatto minus 2 darajagacha sovuqda ham nobud boʻlmaydi. To qishga qadar uning hosilini yigʻib, bemalol saranjomlab olishingiz mumkin.
— Fermer xoʻjaligimizning umumiy yer maydoni 18 gektarni tashkil etadi, — deydi Sherzod Mahmatmurodov. — Bu joyda poliz va sabzavot mahsulotlarining deyarli barcha turlaridan yetishtiramiz. Imkon qadar yerni bir kun ham boʻsh qoldirmaymiz. Bir ekin hosili olindimi, darhol yerni tayyorlab, oʻrniga mavsumga mos boʻlgan keyingi ekin ekiladi. Oʻtgan yili 2 gektar maydonda takroriy ekin sifatida brokkoli yetishtirgandik. Umumiy hisobda 33 tonna hosil olib, mahsulotni eksportchi korxonalar orqali toʻliq tashqi bozorga chiqarishni uddaladik. Shu bois bu yil 10 gektar yerga brokkoli ekdik. Bu yil har gektaridan 20 tonnadan hosilni chamalab turibmiz. Bundan tashqari, toʻqsonbosti usulida 20 sotix joyga toshkaram, yana shuncha maydonga piyoz, sarimsoqpiyoz ekdik.
Sherzod Maxmatmurodov xoʻjalikning yana bir yutugʻi haqida aytib qoldi. Oʻtgan yillar xoʻjalikda yetishtirilgan mahsulotni eksportchi korxonalar orqali xorijga sotgan boʻlsa, joriy yildan boshlab bu ishni oʻzi amalga oshirayotgan ekan.
Bu yil 100 ming dollarlik mahsulotni xorijlik hamkorlarimizga yetkazib berishni uddaladik, — deydi u. — Kelgusi yildan boshlab bu miqdorni bir necha barobar oshirmoqchimiz. Shu bois hozir yerga shunchaki ekin ekish emas, xorij bozorlarini puxta oʻrganib, eng talabgir mahsulotlarni yetishtirishni maqsad qilganmiz.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Xiva: Ichan qal’a – tarix va zamon ko‘zgusi
Xiva ' ming yillar bag'rida sayqallangan tarixiy shahar. Uning yuragi bo'lmish Ichan qal'a esa betakror me'moriy yodgorliklari bilan bugun ham o'z maftunkorligini yo'qotmagan. Ushbu qadimiy qal'a nafaqat O'zbekiston, balki butun jahon madaniy merosining durdonalaridan biri sifatida e'tirof etiladi.Ichan qal'a devorlari ichida qad ko'targan madrasalar, masjidlar va minoralar ko'hna shon-sharafdan so'zlaydi. Ko'hna yo'laklardan yurib, Muhammad Aminxon madrasasi, Kalta Minor, Juma masjidi singari t
Keksalar uchun uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida 'Keksalar reyestri'da turuvchi shaxslarga uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markaziga biriktirilgan, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha '0' balldan '62' ballgacha baholangan 5 nafar shaxs ushbu xizmat turidan foydalanmoqda.'Keksalar reyestri', keksalar uchun uyda t
“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi
Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar
Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi
Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh