calendar 01 Dec 15:31
eye 113
comments 0
comments Manba: xs

70 nafardan ziyod xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor Buxoroda yilning eng ilgʻor ayoli deb topildi

image

Foto: “Xalq soʻzi”

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi “Oʻzanon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi Munavvar Ilhomova oilada yagona farzand sanaladi. Ota-onasining nogironligi bor. Roʻzgʻor tashvishlari shu qiz zimmasida. Qishloqlarimizda esa bilasiz, ayollarbop ish hadeganda topilavermaydi. Ammo Munavvarga qay bir maʼnoda omad kulib boqdi.

Oʻzanonda Mavjuda Allayeva degan ayol yashaydi. Tadbirkor. Tinib-tinchimas, izlanuvchan. Uning chogʻroq boʻlsada tikuvchilik korxonasi bor. Shu tadbirkor Munavvarga qayishdi. Ishga qabul qildi. Endi qizning buguniyu ertasidan koʻngli toʻq. Ishli boʻldi. Maosh olayapti. Ota-onasi ham xursand. Farzandning ota-onaga qoʻl-qanot boʻlgani yaxshida.

— Mavjuda Allayeva tashabbusi bilan faoliyat boshlagan bu korxonada yetmish nafardan ziyod kishining bandligi taʼminlandi, — deydi mahalla xotin-qizlar faoli Mehrigul Ashurova. — Bundan tashqari, hududimizda yosh bolali yoki salomatligi tufayli uyda oʻtirib qolgan ayollar ham yoʻq emas. Ularning oʻttiz — oʻttiz besh nafarini Mavjudaxon kasanachilik asosida ishga jalb etgan. Bu yerda ishlayotganlar orasida “ayollar daftari”, “ yoshlar daftari”da turganlar ham bor.

Yakka tartibdagi tadbirkor maqomida faoliyat yuritayotgan M. Allayevaning korxonasi zamonaviy tikuv mashinkalari bilan jihozlangan. Bu yerda milliy kiyim-kechaklar, toʻybop sarpolar tikilmoqda. Korxona mahsulotlariga xorijdan, aniqrogʻi, Tojikistondan ham buyurtmalar tushmoqda. Muhimi, bir kichik korxona sharofati bilan oʻzanonlik oʻnlab ayollar ishlab, roʻzgʻorlariga daromad keltirish imkoniga ega boʻldilar. Mavjuda Allayevaga kelsak, yaqinda u “Yil ayoli” milliy tanlovi viloyat bosqichida “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli” nominatsiyasi gʻolibi deb topildi.

Istam IBROHIMOV,“Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
26
0
xs.uz

“Obod xonadon” sohibiga quyosh batareyalari oʻrnatib beriladi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Oltiariqning olis hududlari sirasiga kiruvchi 'Azimobod' mahallasi keyingi yillarda tumanning eng obod va fayzli goʻshasiga aylanib bormoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida mahalladagi ichki yoʻllar toʻliq asfaltlashtirildi, ichimlik va oqava suv tarmoqlari yangilandi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi zamonaviy mezonlar asosida taʼmirdan chiqarilib, oʻnlab yangi xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalari bunyod etildi. Ayni paytda mahalliy byudjet mablag

16 Apr 09:12
 
35
0
xs.uz

Prezident Yangi Andijonga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi

Bildirilishicha, davlat rahbari Yangi Andijon shahridagi 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida oʻtayotgan xalq saylida soʻzga chiqib, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan oʻzbek xalqi va millatini butun dunyoga tarannum etgan shoh va shoir ' Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qilgan.'Ishonchim komil', bu tashabbus har tomonlama xalqimizning koʻnglidagi ish boʻladi. Nega deganda, hazrati Bobur ' jahon tari

22 Mar 08:54
 
64
0
xs.uz

Xiva: Ichan qal’a – tarix va zamon ko‘zgusi

Xiva ' ming yillar bag'rida sayqallangan tarixiy shahar. Uning yuragi bo'lmish Ichan qal'a esa betakror me'moriy yodgorliklari bilan bugun ham o'z maftunkorligini yo'qotmagan. Ushbu qadimiy qal'a nafaqat O'zbekiston, balki butun jahon madaniy merosining durdonalaridan biri sifatida e'tirof etiladi.Ichan qal'a devorlari ichida qad ko'targan madrasalar, masjidlar va minoralar ko'hna shon-sharafdan so'zlaydi. Ko'hna yo'laklardan yurib, Muhammad Aminxon madrasasi, Kalta Minor, Juma masjidi singari t

16 Apr 15:12
 
22
0
xs.uz

Keksalar uchun uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida 'Keksalar reyestri'da turuvchi shaxslarga uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markaziga biriktirilgan, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha '0' balldan '62' ballgacha baholangan 5 nafar shaxs ushbu xizmat turidan foydalanmoqda.'Keksalar reyestri', keksalar uchun uyda t