calendar 01 Dec 14:28
eye 129
comments 0
comments Manba: xs

Londonda Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya savdo-sanoat kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

image

Joriy yilning 28 va 29-noyabr kunlari London shahrida Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya savdo-sanoat kengashining (UBTIC) 27-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari, banklar, shuningdek, diplomatik missiyalar rahbarlari, jami 100 dan ortiq ishbilarmon doiralar vakillari va rasmiy shaxslar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida moliyaviy resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanish, taʼlim, toʻqimachilik sanoati, transport, raqamli texnologiyalar va biznes jarayonlarida autsorsing masalalariga bagʻishlangan panel sessiyalari ham oʻtkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev aeroportlar, temir yoʻllar tizimini rivojlantirish va pullik yoʻllarni qurish bilan bogʻliq infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Tadbir yakuni boʻyicha Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya iqtisodiy, savdo va investitsiyaviy aloqalarni yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshma “Yoʻl xarita” hamda uchrashuvlar davomida erishilgan natijalarni amalga oshirish boʻyicha qator kelishuv va memorandumlar imzolandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
106
0
qalampir.uz

Surxondaryoda maktab direktorini kaltaklagan erkakka sud hukmi o‘qildi

O‘tgan yili Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktabning direktori T.U. shu muassasada ishlovchi o‘qituvchining oila a’zolari tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgan edi.  Unga tan jarohati yetkazgan shaxsga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.  Bildirilishicha, sudlanuvchi Y.M. 2023 yil 31 avgust kuni soat 17:00 da Sariosiyo tumani, Do‘stlik mahallasida joylashgan 28- umumta’lim ma

26 Jul 10:20
 
51
0
xs.uz

Toshkent – Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovlari soni koʻpaytirildi

Endilikda avtobuslar 'Mashinasozlar' metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da joʻnaydi. Chorvoqdan (Xumson) esa 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00 harakatlanadi.Qatnovlar Uzautotrans service korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 20 000 soʻm etib belgilangan.

19 Aug 07:03
 
13
0
xs.uz

Mamlakatimiz uchun ustuvor xalqaro reyting va indekslarning ro‘yxati tasdiqlandi va maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi

Senatning ellik beshinchi yalpi majlisida O'zbekiston uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslar ro'yxatini tasdiqlash to'g'risidagi masala ko'rib chiqildi. Ta'kidlanganidek, so'nggi 4 yilda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-huquqiy sohalariga oid xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash bo'yicha Prezidentimizning bir qator farmon va qarorlari qabul qilingan.' Ular orasida 2020 yil 2 iyundagi 'O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rn

19 Aug 07:03
 
19
0
xs.uz

Andijon shahri sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

17 avgust kuni Andijon shahar hokimi Gʻofur Abdurahmonov bu haqda tegishli qarorni'imzolagan.Ma'lumot uchun, Dilmurod Rahmatullayev ta'lim tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Bir muddat viloyat xalq ta'limi boshqarmasini boshqargan. 2016'2019 yillarda Andijon shahriga hokimlik qilgan.