
Samarqand viloyatiga 2023 yildagi davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari uchun davlat byudjetidan 2,1 trln. soʻm ajratish belgilangan.
Ushbu mablagʻning 394,9 mlrd. soʻmi mahalla infratuzilmalarini yaxshilash boʻyicha davlat dasturiga, 1,1 trln. soʻmi investitsiya dasturi, 273,5 mlrd. soʻmi “Tashabbusli byudjet”ning 2023 yil 1-mavsumiga hamda 273,5 mlrd. soʻmi maxsus dastur hisobiga toʻgʻri keladi.
Dasturlar doirasida 2,1 trln. soʻm mablagʻga 1424 ta obyektda qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilib, bugungi kunda 1,8 trln. soʻm moliyalashtirildi hamda 1,7 trln. soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda 1247 ta (88 foiz) obyektlar foydalanishga topshirildi.
Kuni kecha Payariq tumani “Yangiobod” mahallasidagi 12-maktabgacha taʼlim tashkilotining 200 oʻrinli yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Mazkur binoda zamon talablariga mos tarzda jihozlangan mashgʻulot xonasi, mudira xonasi, hamshira xonasi, oshxona, oshpazlar xonasi, bolalar yotoqxonasi va ingliz tili, rus tili xonasi, psixolog, logoped hamda alohida metodist xonalari mavjud. Bundan tashqari tashkilot hovlisida bolalar oʻyin maydonchalari va qum maydonchalari tashkil etilgan.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti yangi binosining ochilish marosimida tuman hokimiligi, sektor rahbarlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda soʻz olganlar, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni kengaytirish, maktabgacha taʼlim xizmatlaridan foydalanishni yanada yaxshilash, ularning toʻlaqonli hayot faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash va ijtimoiy hayotga faol jalb etish oldimizga qoʻyilgan eng dolzarb vazifa ekanligini alohida taʼkidladi.
Maʼlumot uchun, ushbu maktabgacha taʼlim tashkiloti ham 2023 yil “Tashabbusli byudjet” loyihasining 1-mavsumida gʻolib tashabbuslar qatoridan joy oldi va toʻliq taʼmirdan chiqarilib, bolajonlarni ixtiyoriga topshirildi.
Shu oʻrinda aytish kerakki, “Tashabbusli byudjet”ning 2023 yil 1-mavsum Dasturi doirasida viloyatda 273,5 mlrd. soʻm mablagʻ evaziga 290 ta obyektda qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilib, bugungi kunda 241,7 mlrd. soʻm moliyalashtirildi hamda 229,2 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirildi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik
Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202
Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,
Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi
Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland