Oʻzbekistonda 1-dekabr kuni havo harorati 19 daraja iliq boʻladi, ertalab tuman tushishi mumkin


Foto: “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 1 dekabr, juma kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5° iliq, kunduzi 13-15° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 14-19° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 6-11 iliq boʻladi.
Toshkent metropolitenining 2 ta bekati 3 oyga yopiladi
Qayd etilishicha, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yoʻnalishlarida metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari maʼlum muddat foydalangandan soʻng, rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Shu munosabat bilan metropolitenning 'Texnopark ' Qipchoq' bekatlari oraligʻida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga moʻljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Ani
Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya toʻlanadi
Shavkat Mirziyoyev 'Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, 2025-yil 1-iyundan boshlab 'qizil' toifaga kiruvchi kam taʼminlangan oilalarning 'aʼlo' baholarga oʻqiyotgan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning ikki baravariga teng maxsus stipendiya tayinlanadi. Bu chora oliy taʼlimda tahsil olayotgan qizlarning ragʻbatini oshirish va ularni
Bogʻchaga ketgan 2 yashar qizcha ariqqa choʻkib halok boʻldi
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 2 yoshli qiz bogʻcha yaqinidagi ariqqa choʻkib halok boʻldi. Bu haqda 'Millar' koʻrsatuvida'xabar berildi.Lavhada qayd etilishicha, holat joriy yilning 20-may kuni Qamashi tumanidagi xususiy bogʻchalardan birida sodir boʻlgan.Bogʻcha xodimi bergan koʻrsatmaga koʻra, bolalarning yarmi uxlatish uchun xonaga olib kirilgan, boshqalari hovlida qolgan. Ulardan biri nazoratsiz qolgani sababli koʻchaga chiqib, bogʻcha atrofidagi ariqqa tushib ketgan.Bosh
Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi. Bu oʻzgartirishlar 2025-yil 19-may kuni qabul qilingan 'Odam savdosi jinoyati uchun jazoni kuchaytirish toʻgʻrisida'gi qonun bilan amalga oshirildi.Yangi tahrirga binoan, Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlar asosida yoki jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan,