calendar 30 Nov 10:26
eye 148
comments 0
comments Manba: xs

Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva xalqaro sammitda ishtirok etdi

image

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Qatarda boʻlib oʻtgan XI Taʼlim boʻyicha xalqaro innovatsion sammitda ishtirok etdi.

Ushbu yirik anjuman 2011-yildan buyon Qatar Davlati Taʼlim, fan va ijtimoiy taraqqiyot fondi (Qatar Foundation) raisi shayxa Muza bint Nosir al-Misnad shafeligida oʻtkazib kelinmoqda. Undan koʻzlangan asosiy maqsad – siyosat, tadqiqotlar, yetakchilik kabi sohalarda tashabbuslarni ilgari surish orqali taʼlimda innovatsion dasturlarni yaratishdir.

Bu yilgi tadbir “Sunʼiy intellekt davrida inson ijodkorligi” mavzusiga bagʻishlandi. 

29-noyabr kuni sammitning asosiy tadbirlarida yuqori darajadagi mehmonlar, jumladan, xorijiy davlatlar vazirlari, taʼlim va ijtimoiy sohalar ekspertlari qatnashdi.

Bu sammitdagi ishtirok soʻnggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan Oʻzbekiston bilan Qatar oʻrtasidagi hamkorlikning yana bir ifodasi boʻldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekistonda uy-joy narxlari haqiqiy qiymatidan 17 foizga qimmat

2024-yilda uy-joy bozoridagi narxlar oʻsishi toʻxtaganiga qaramay, narxlar hali ham oʻzining haqiqiy qiymatidan oʻrtacha 17 foizga yuqori boʻlib qolmoqda. Bu haqida Markaziy bankning soʻnggi tahlillari keltirilgan 'Moliyaviy barqarorlik sharhi'da maʼlum qilindi.Unda aytilishicha, 2024-yilda uy-joylarning bozor narxi fundamental narxiga nisbatan 17 foizga yuqori shakllangan. Shuningdek, koʻchmas mulk bozorida faollik pasaygan. Banklar tomonidan ipoteka kredit ajratish standartlari esa qat

04 Jun 02:44
 
122
0
xs.uz

Bundan 58 yil muqaddam qurilgan oʻyingoh zamonaviy qiyofa kasb etdi

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Kogon shahridagi 'Lokomotiv' oʻyingohi 1967-yilda barpo etilgan. Vaqt oʻtishi bilan u zamonaviy talablarga javob bermay qoʻydi. Taʼmirtalab holga tushdi. Vaholanki, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi, sportning u yoki bu turi bilan professional darajada shugʻullanish uchun bu inshoot juda kerak.Ana shuni hisobga olgan Buxoro viloyati hokimligi bu yerdagi eski binolarni demontaj qilish va ular oʻrniga yangi, zamonaviy qulayliklarga ega inshoot

18 Jun 21:55
 
25
0
xs.uz

Urgut tumani sudining raisi avtohalokat oqibatida vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Samarqand viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Urgut tuman sudi raisi Temur Rustamovning avtohalokatga uchrab vafot etgani'toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi rasmiy bayonot berdi.Bildirilishicha, 2025-yil 17-iyun kuni soat 20:30 larda Urgut tumani Bogʻishamol mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R-47 avtomobil yoʻlining 61 kilometrida 'Kamaz- 53212' rusumli yuk

04 Jun 02:44
 
34
0
xs.uz

O‘quvchilarimiz 19 ta medal bilan peshqadam

Umumiy hisobda 69 nafar (12'ta oltin,'24'ta'kumush,'33 ta'bronza) ishtirokchi'o'quvchilar'turli darajalardagi'medallar'bilan taqdirlandi.O'zbekistonlik'o'quvchilar 19'ta (6'ta'oltin,'8'ta'kumush,'5'ta bronza)'medal bilan'xalqaro olimpiadaning'yakka'peshqadamiga aylandi.