calendar 30 Nov 10:22
eye 107
comments 0
comments Manba: xs

Boshlangʻich taʼlim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi

image

Joriy yilning 29-noyabr kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan “Boshlangʻich taʼlim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining uzluksiz kasbiy taʼlimini yanada takomillashtirish, bu boradagi ilgʻor milliy va xalqaro tajribalarni tahlil qilish, samarali yondashuvlarni aniqlash va ularni amaliyotga joriy etish muhokamasiga bagʻishlangan ushbu tadbirda soha mutaxassislari, olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida soʻz olgan vazir Hilola Umarova va mutasaddi rahbarlar boshlangʻich taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar va tadqiqotlarning qamrovi va ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini oshirish orqali taʼlim sifatini yaxshilash bugungi kunda tizim oldida turgan muhim masalalardan biri ekanligiga alohida urgʻu berib oʻtdi.

Xususan, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Vohid Xamidov mazkur konferensiya sohada sifat va samaradorlik koʻrsatkichlarini oshirishga xizmat qilishini taʼkidlab, bu borada oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

— Ushbu konferensiya kun tartibidan oʻrin olgan mavzular bugungi kun talablariga juda mos hamda har birimiz uchun dolzarb.

Xususan, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari tomonidan taʼlim sohasini takomillashtirish uchun berilayotgan takliflar, sohada sifat va samaradorlik koʻrsatkichlarini oshirishga qaratilgan metodlar, dars oʻtish uslublari, oʻqituvchi va ota-ona munosabatiga bagʻishlangan maqolalar, fikr-mulohazalarni oʻqib xursand boʻldim. 

Oʻz navbatida, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori sifatida boshlangʻich taʼlim sohasini takomillashtirish boʻyicha doim hamkorlikka tayyor ekanligimizni taʼkidlab oʻtmoqchiman, – dedi Vohid Xamidov.

Konferensiya davomida boshlangʻich taʼlim bosqichida olib borilayotgan islohotlar va tadqiqotlarning qamrovini oshirish orqali taʼlim sifatini yanada yaxshilash boʻyicha qator taklif va mulohazalar ilgari surildi. 

Xususan, ilgʻor xorijiy tajribalar asosida boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun yaratilgan yangi avlod darsliklari «4K” modeliga asoslanganini taʼkidlab, zamonaviy metodikalar boʻyicha oʻqituvchilarga uzluksiz metodik yordam koʻrsatish boʻyicha takliflar bildirildi.

Kunning ikkinchi yarmida konferensiya oʻz ishini mavzuga doir qator shoʻbalarga boʻlingan holda davom ettirdi. Unda taʼlim mazmunini takomillashtirish masalalari, muammo va yechimlar, ilgʻor xorijiy tajribalar, samarali metod usullari, oʻqituvchi va ota-onalar hamkorligining huquqiy asoslari atroflicha muhokama qilindi.

Konferensiya ishi quyidagi shoʻbalar boʻyicha tashkil qilindi:

1-shoʻba. Boshlangʻich sinflarda taʼlim mazmunini takomillashtirish masalalari (muammo va yechimlar);

2-shoʻba. Boshlangʻich taʼlim tizimini takomillashtirishda ilgʻor milliy va xorijiy tajribalar;

3-shoʻba. Boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirishning samarali shakl va metodlari;

4-shoʻba. Boshlangʻich sinflarda oʻqituvchi va ota-onalar hamkorligining amalga oshirishning huquqiy asoslari.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni muhokama qilindi

2025-yil 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Isroil Davlatining Knesseti Spikeri Amir Oxana bilan uchrashuv oʻtkazdi.Uchrashuvda Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni va ahamiyati muhokama qilindi. Ikki tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlarida samarali natijalarga erishish uchun parlamentlararo munosabatlarni yanada faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, doʻstlik guru

16 Apr 15:12
 
36
0
xs.uz

Andijonda 40 mln dollarga kichik va mikro GESlar quriladi

Andijon viloyatida kichik va mikro GESlar qurish uchun 40 million dollar ajratiladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'qayd etildi.Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi isteʼmolining 20 foizi degani.Prezident bu namunali loyihani maʼqullab, viloyatning suv oqimi yuqori boʻlgan ariq va kanallarida 75 mega

22 Mar 08:54
 
55
0
xs.uz

html5-dom-document-internal-entity1-quot-endYangi O‘zbekistonhtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramidan fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 'Yangi O'zbekiston' bog'ida Navro'z umumxalq bayrami shodiyonasi bo'lib o'tdi. Unda davlatimiz rahbari nutq so'zlab, xalqimizni ayyom bilan tabrikladi.Tadbirni yoritishda ishtirok etgan 'Xalq so'zi' muxbiri fotoreportaj tayyorladi.Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'

20 Mar 12:53
 
54
0
xs.uz

Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu