calendar 30 Nov 09:52
eye 105
comments 0
comments Manba: zarnews

Dekabr oyi issiq kelishi maʻlum qilindi

image

"O'zgidromet" xabariga ko'ra, dekabr oyi sovuq bo'lmaydi. O'rtacha oylik harorat meʻyordan yuqori, baʻzi hududlarda meʻyor atrofida bo'lishi kutilmoqda.

Shuningdek, havo harorati kechasi 1-6 darajagacha sovuq, shimolda 8-13 darajagacha sovuq holatlari kuzatiladi. Dekabr oyi uchun bu normal holat.
Eng issiq kunlarda havo harorati +15, +18 darajagacha, janubda +20, +22 darajagacha ko'tariladi.
Dekabr oyi boshlanishi qish uchun xos bo'lmagan iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning birinchi haftasida O'zbekiston bo'ylab yog'ingarchiliksiz, quruq, havo harorati kechalari +2, +7 daraja, kunduzlari +13, +18 daraja iliq bo'lishi kutilmoqda. Dekabr oyining bunday quruq va iliq boshlanishi O'zbekistonda juda kam uchraydi.
Keyinchalik, oyning oxirigacha, "O'zgidromet" prognoziga ko'ra, havo harorati kechalari 5-8 daraja iliqdan 3-6 daraja sovuqqacha, kunduzlari 15-18 daraja iliqdan 2-5 darajagacha iliq bo'lishi kutilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:36
 
8
0
postda.uz

UMR BEZAGI

O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan Shodiyor kelgusida huquqshunos bo‘lish istagi bilan 1998-yili Samarqand davlat universitetiga sirtdan o‘qishga kirdi. O‘sha yili yana bir orzusi ro‘yobga chiqdi: u Guliston shahar IIB 2-mavze profilaktika inspektori lavozimiga xizmatga qabul qilindi. Lavhamiz qahramoni yangi vazifa, yangi mas’uliyat oldida dovdirab qolmadi. O‘sha yillar Guliston shahri markazidagi ushbu mavzeda ko‘plab millat vakillari istiqomat qilar, bu kriminogen vaz

25 Sep 13:14
 
16
0
xs.uz

Qurilish materiallari uyushmasi qoshida sinov laboratoriyasi tashkil qilinadi

Qurilish materiallari ishlab chiqarish ikki yilda 1,2 karra oshgan boʻlsa-da, koʻrilgan choralar hisobiga energiya sarfi 1,3 barobar, energiya sigʻimi 1,6 barobar kamaydi.Bugungi kunda ilgʻor xorijiy korxonalar ishlatib boʻlingan issiqlik energiyasidan qayta foydalanish orqali elektr ishlab chiqarish texnologiyasini faol qoʻllamoqda.Misol uchun, Navoiydagi 'Qizilqumsement' pechlarni, issiqlik almashish uskunalarini rekonstruksiya qilib, yiliga 37 million kilovatt soat elektr iqtisod qildi.

10 Oct 10:40
 
11
0
xs.uz

Nochorlikdan tadbirkorga aylangan “zirapcha”

Said Donishev/'Xalq soʻzi'. Hayot yoʻli tekis emas. Oʻnqir-choʻnqirlari, pastu balandliklari baʼzan inson aqlini shoshirib qoʻyadi. Qahramonimiz Komila Joʻrayeva har safar farzandlarini qanday qiyinchiliklar bilan voyaga yetkazganini oʻylasa, bugungi dorilamon kunlari uchun behisob shukrona aytadi.Bolalikda uning ham orzulari koʻp edi. Oʻqituvchi boʻlishga havasi bor. Goho oʻzini oq xalatli shifokor tasavvur qilardi. Biroq hayot sinovlari barchasini oʻzgartirib yubordi. Oila... Farz