Karomidin Gadoyev O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi lavozimiga tayinlandi


O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Karomidin Gadoyev bugun Malayziya poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
U shu kunga qadar TIVning BMT va boshqa xalqaro siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 59 yoshda. Buxoro viloyati Kumushkent qishlog‘ida tug‘ilgan.
Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) geografiya fakultetini tamomlagan. Geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega. 1995 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida, jumladan, markaziy apparatda, O‘zbekistonning NATOdagi missiyasi va Bryusseldagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan.
Birinchi darajali maslahatchi diplomatik martabasiga ega.
Karomidin Gadoyev 2018–2023 yillarda Kuala-Lumpurdagi diplomatik missiyaga rahbarlik qilgan Ravshan Usmanov o‘rniga tayinlandi.
Uchqoʻrgʻon osmonida zamonaviy havo shari
Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Uchqoʻrgʻon tumanida turizm sohasi jadal rivojlanmoqda. Norin daryosi yoqasida joylashgan ushbu hududning xushmanzara maskanlari va soʻlim tabiati bu yerda ekosayyohlikning katta imkoniyatlarini yaratgan. 2500 gektar maydondagi qulupnayzorlar, 30 sotix yerdagi golubika paykali, katta havzalarda parvarishlanayotgan forel baliqlarini tomosha qilish kishiga ajoyib his-tuygʻularni baxsh etadi.Yaqinda yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkor Akramjon Rahi
Endi “ChatGPT” barcha suhbatlarni eslab qoladi
Unga koʻra, endilikda chat-bot foydalanuvchi bilan boʻlgan barcha avvalgi suhbatlar tarixini eslab qoladi va shu asosda aniqroq javoblar beradi. Bu funksiya matn yozish, tavsiyalar yoki taʼlim jarayonlarida juda qoʻl keladi.Tizim yangi funksiya orqali insonning qiziqishlarini tahlil qilib, shaxsiylashtirilgan javoblar taqdim eta oladi. Bu imkoniyat 2025-yil 10-apreldan boshlab 'Plus' va 'Pro' obunachilari uchun amal qilishni boshlagan.Taʼkidlash joiz, hozircha bu yangilanishdan Yevropa Itti
Toshkentda qimmatbaho elektromobil yonib ketdi
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 17-aprel kuni soat 23:51 da Mirzo Ulugʻbek tumani Yalangʻoch mavzesida yuz bergan. Elektromobil yonayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga kelib tushgan xabarga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 23:56 da yetib borib, yongʻinni soat 23:59 da toʻliq oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, yongʻin oqibatida halok boʻlgan
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan 2025-yil 19-martda qabul qilingan 171-sonli qarorga muvofiq, Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.Mazkur qarorga asosan Institutning bir qator asosiy vazifalari aniqlab berildi. Jumladan, adliya organlari va muassasalari xodimlari, yuridik xizmat, advokatura, notariat, sud ekspertizasi, arxiv ishi, ish yuritish, ijro intizomi, murojaatlar b