calendar 29 Nov 13:53
eye 80
comments 0
comments Manba: zarnews

Dunyo voqealari qisqa satrlarda: BMT Isroilni 1967 yil chegaralariga qaytishga chaqirdi. Rossiya mudofaa byudjyetini misli ko'rilmagan darajada oshirmoqda. Pandemiyadan so'ng Xitoydan yuzlab milliard dollar chiqib ketgan

image

🔻 Birlashgan Millatlar Tashkiloti Isroilni 1967 yildagi chegaralariga qaytishga, shuningdek, Suriyadan bosib olingan Golan tepaliklarini ozod qilishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qildi. Hujjatni 91 davlat, jumladan, Ozarbayjon, BMT Xavfsizlik kengashi davlatlari orasida Xitoy va Rossiya Federatsiyasi qo'llab-quvvatlagan.

🔻 HAMAS harakati G'azo sektorida Isroil bilan sulhni uzaytirish tarafdori va bunga erishish uchun barcha vositalarini ishga solmoqda. Bu haqda HAMAS vakili G'ozi Hamad maʻlum qildi. Doxadagi muzokaralarda Isroil vakillari, agar Falastinning HAMAS radikal harakati tomonidan garovga olingan isroillik noharbiy ayollar va bolalar ozod etilsa, G'azo sektoridagi harbiy harakatlardagi pauzani yana uch kunga uzaytirishga tayyor ekanliklarini maʻlum qildi.

🔻 HAMAS amerikalik milliarder Ilon Maskni falastinliklarga qarshi jinoyatlar ko'lamini ko'rish uchun G'azo sektoriga tashrif buyurishga taklif qilgan. 27 noyabr kuni Mask Isroilga kelgan edi. Netanyaxu uni oktyabrda HAMAS hujumiga uchragan janubiy aholi punktlariga olib borgan.

🔻 Rossiya prezidenti Vladimir Putin federal xarajatlarni sezilarli darajada, xususan, mudofaa xarajatlarini rekord darajada oshiruvchi 2024 yilgi Rossiya byudjyetini imzoladi. Kelgusi yilda mamlakat xarajatlari 412,5 milliard dollarni, byudjyet taqchilligi esa 9,5 milliard dollarni tashkil qilsa, mudofaa va huquqni muhofaza qilish sohalariga qariyb 157,5 milliard dollar sarflash rejalashtirilmoqda.

🔻 Finlandiya Rossiya bilan chegaraga nazoratni kuchaytirish uchun qo'shimcha kuchlar yuboradi. Mamlakat hukumati 30 noyabrdan 13 dekabrgacha Rossiya bilan barcha quruqlikdagi chegara o'tish joylarini butunlay yopishga qaror qilgan va kecha oxirgi o'tkazish punkti yopilgan.

🔻 Qirg'iziston Respublika bayrog'i dizaynini o'zgartirmoqda. Davlat parlamenti qo'mitasi o'zgartishni birinchi o'qishda maʻqullagan. Bayroqdagi ramzda aks etgan to'lqinsimon quyosh nurlari o'rnini tig'li shaklga ega nurlar egallaydi.

🔻 Yaqinda Italiyada uyg'ongan etna vulqoni qor bilan qoplandi, ammo 4,5 kilometrga yetadigan lava chiqindilari tezlashmoqda. Xalqaro Katanii aeroporti o'z faoliyatini to'xtatgan.

🔻 Koronavirus pandemiyasi tugaganidan beri ochiq chegaralardan foydalanib, boy xitoyliklar mamlakatdan yuzlab milliard dollar olib chiqa boshlashgan. Ular o'z jamg'armalariga xorijiy kvartira, aktsiya va sug'urta polislarini sotib olishgan. Baʻzi hollarda xitoyliklar chet elga pul o'tkazish bo'yicha hukumatning qatʻiy nazoratini chetlab o'tib, yashirincha oltin quymalarini olib chiqishgan.

🔻 Boltiqbo'yi mamlakatlari (Estoniya, Litva, Latviya) tashqi ishlar vazirlari qo'shma bayonot bilan chiqdilar. Unda vazirlar rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrovning Skope shahrida bo'lib o'tadigan YXHT yig'ilishida ishtiroki tufayli qatnashishdan bosh tortdi.

🔻 AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi o'nlab yillar davomida nomaʻlum uchuvchi jismlar (NUJ)ni qidirib kelgan maxsus maxfiy bo'lim mavjud. Markaziy razvedka boshqarmasida kelib chiqishi g'ayritabiiy bo'lgan kamida to'qqizta obʻyekt bor, ulardan ikkitasi bus-butun.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 16:06
 
53
0
xs.uz

AQSHning 12 shtatida yangi kasallikning tarqalishi kuzatildi

Amerika Qoʻshma Shtatlarining 12 shtatida listerioz kasalligining tarqalishi kuzatilmoqda. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ushbu xastalik bilan 28 kishi kasalxonaga yotqizilgan, yana toʻrt kishi vafot etgan. U bilan bogʻliq oʻlim holatlari Illinoys va Nyu-Jersi shtatlarida, eng koʻp kasallanganlar Merilend va Nyu-Yorkda qayd etilgan.Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazlarining xabar berishicha, kasallangan 10 kishidan toʻqqiz nafari doʻkonlarda sotib olingan goʻsht i

26 Jul 10:19
 
51
0
qalampir.uz

G‘azo va Ukrainadagi urushlarni tugatishga harakat qilaman – Bayden 

AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azodagi urushni tugatish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilishga va’da berdi. Bu haqda u prezidentlik poygasini tark etganidan so‘ng birinchi marta jamoatchilikka murojaatida ma’lum qildi. Bayden prezidentlik muddatining qolgan qismini ichki va tashqi siyosatdagi muhim mavzularga qaratish bilan o‘tkazishini va kam ta’minlangan oilalar uchun xarajatlarni qisqartirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va demokratiya va inson huquqlari kabi so

14 Aug 06:38
 
14
0
xs.uz

Rossiyaning sobiq prezidenti Germaniyaga qattiq tahdid qildi

Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Germaniyani qattiq ogohlantirib, Berlinga rus tanklarini yuborish bilan tahdid qildi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, bu bayonot Germaniyaning 'Bild' gazetasining Medvedevni nemis tanklarining Rossiya hududiga qaytishini nishonlashda ayblagan maqolasiga javoban bildirildi. Medvedevning izohlari Rossiya va NATO davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtirdi.Medvedev 'X' ijtimoiy tarmoqdagi postida Germaniyan

23 Jul 10:39
 
50
0
xs.uz

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri mamlakat armiyasidagi jiddiy muammolar haqida maʼlum qildi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili mamlakat qurolli kuchlari qator jiddiy muammolarga duch kelayotganini aytdi.Shu oʻrinda u quruqlik, dengiz va havo kuchlari qiyinchiliklarga duch kelayotganini alohida taʼkidladi.Vazirning aytishicha, hozir armiyada kuchning kamayishi, behuda xaridlar, past maʼnaviyat, ishga olish va ushlab turish inqirozi hamda faxriylar oʻzlari munosib xizmatlardan foydalana olmasligi kabi muammolar mavjud.Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatda yangi leyboristlar hukum