calendar 28 Nov 11:24
eye 74
comments 0
comments Manba: xs

“Oʻzbeknergotaʼmir” AJ: energoobektlarning barqaror faoliyat yuritishi taʼminlanmoqda

image

“Oʻzbekenergotaʼmir” AJ yurtimiz energetika sektorida muhim ahamiyatga ega korxonalardan hisoblanadi. Korxona issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik markazlarini qishki mavsumga tayyorlash, energoobektlarning barqaror faoliyatini taʼminlashga oid yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Bugun yurtimizda elektr energetika tarmogʻini rivojlantirish jarayonlari yangi bosqichga koʻtarildi, avvallari, yurtimizda elektr energetika tarmogʻini modernizatsiya qilish, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish ishlari asosan xorijiy kompaniyalar tomonidan amalga oshirilardi. Prezidentimiz boshchiligida sohani liberallashtirish, erkin bozor mexanizmlarini joriy etishga qaratilayotgan saʼy-harakatlar natijasida xorijiy investorlar qatorida, bugun tizimga mahalliy, raqobatbardosh investor kompaniyalar ham kirib kelmoqda. Shu kabi korxonalardan biri “Oʻzbekenergotaʼmir” AJ hisoblanadi.

“Oʻzbekenergotaʼmir” AJ juda kam vaqt ichida jahonga mashhur energetika kompaniyalarining shef-injenerlarini jalb qilgan holda, oʻquv amaliyotlari, tajriba almashish kurslari natijasida yuqori malakali mahalliy mutaxassislar guruhini shakllantirishga erishdi. Bugun korxona tarkibidagi 2 yarim mingga yaqin texnik mutaxassislar elektr stansiyalarning barqaror faoliyat yuritishiga hissa qoʻshib kelmoqda.

Maʼlumki, avvalgi yillarda kuz-qish mavsumi energetika sohasi uchun murakkab kechardi. Ayrim nuqtalarda maʼnan eskirgan qurilmalar pand bergan boʻlsa, ayrim joylarda elektr energiyasidan notoʻgʻri foydalanish, yoqilgʻi-resurslarning yetishmasligi kutilmagan vaziyatlarning yuzaga kelishiga sabab boʻlardi.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning vaziyatni chuqur tahlil qilgan holda 2022-yilning 13-dekabr kuni, Toshkent shahrining Uchtepa tumanida infratuzilma va ijtimoiy soha obyektlari faoliyati bilan tanishish jarayonida aholini energo resurslar bilan taʼminlashda aniqlangan muammolardan kelib chiqib bir qator qaror va topshiriqlari qabul qilindi. Bugun ushbu belgilangan chora-tadbirlar sohani rivojlantirishga zamin boʻlmoqda.

“Oʻzbekenergotaʼmir” AJ ham Prezidentimiz tomonidan qoʻyilgan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlashda tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan, joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida belgilangan rejaga asosan korxona tomonidan issiqlik elektr stansiyalaridagi jami 55 ta energoqurilma, jumladan, 14 ta energoblok, 19 ta qozon qurilmasi, 9 ta bugʻ-gaz qurilmasi, 1 ta gaz-turbina qurilmasi mukammal, oʻrta va joriy taʼmirlandi.

Shuningdek, tunu kun faoliyat yuritgan ishchi-guruhlari tomonidan aniqlangan kamchiliklardan kelib chiqib, rejadan tashqari 16 ta asosiy va yordamchi qurilmalarda kengaytirilgan taʼmirlash ishlari bajarildi.

Davlatimiz rahbari poytaxt aholisini kafolatlangan issiqlik energiyasi bilan taʼminlash maqsadida “Toshkent issiqlik markazi” MCHJni ham mavsumga puxta tayyorlash va uni modernizatsiya qilish boʻyicha tegishli topshiriqlar bergan edi.

Shu tariqa qisqa fursatlarda “Oʻzbekenergotaʼmir” AJ tomonidan Toshkent issiqlik markazlarida katta hajmdagi qurilish-taʼmirlash va modernizatsiya ishlari boshlab yuborildi. Xususan, Shayxontohur tumanidagi “Gʻarbiy” 3-sonli va Uchtepa tumanidagi “Chilonzor” 5-sonli issiqlik markazlarida modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. Issiqlik markazlarining har birida 2 tadan qozon rekonstruksiya qilinib, anʼanaviy yoqilgʻi boʻlgan tabiiy gaz bilan bir qatorda mazut yoqishga moslashtirildi. Eʼtiborlisi, qurilmaning gibrid shaklida ishlashi anomal sovuq ob-havo sharoitida ham, mazut yoqish evaziga isteʼmolchilarni 108 darajagacha issiq suv bilan taʼminlash imkonini beradi. Maʼlumot uchun, avvallari bu koʻrsatkich 36-38 darajadan oshmagan.

“Oʻzbekenergotaʼmir” AJ tomonidan kelgusida ham mazkur yoʻnalishdagi modernizatsiya ishlarini yuqori surʼatlarda va tizimli davom ettirilishi belgilangan.

Soʻzlarimizning isboti sifatida quyidagi maʼlumotlarni keltiramiz. Joriy yilning 17-18-oktyabr kunlari Davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator kelishuvlarga erishildi. Xususan, ikki mamlakat ishbilarmonlarini jamlagan Oʻzbekiston-Xitoy biznes forumi doirasida iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirishga qaratilgan koʻpgina shartnomalar imzolandi.

Jumladan, “China National Technical Import and Export Corporation” (CNTIC) kompaniyasi bilan erishilgan kelishuvlarga koʻra, Toshkent shahri aholisi va poytaxt iqtisodiyot tarmogʻi korxonalari uchun qoʻshimcha quvvatlar yaratiladi. Poytaxtimiz isteʼmolchilarining elektr va issiqlik energiyasiga boʻlgan talabini qondirish maqsadida 4-issiqlik markazida, shuningdek, Mirobod, Mirzo Ulugʻbek, Shayxontohur, Yunusobod, Yashnobod va Uchtepa tumanlarida yangi, zamonaviy va energosamarador kogeneratsion quvvatlar joriy etiladi.

Taʼkidlash lozimki, “Oʻzbekenergotaʼmir” AJ bugun yurtimizning energetika tarmogʻida yirik loyihalarni amalga oshirmoqda. AQSHning “General Electric Global Parts and Products GmbH” korporatsiyasi bilan hamkorlikda elektr stansiyalaridagi amaldagi energobloklarning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar olib borilmoqda. AQSHlik hamkorlar bilan olib boriladigan loyihalarning yana bir muhim jihati “Oʻzbekenergotaʼmir” AJning yosh mutaxassislari va xodimlarining malakasini va kasbiy mahoratini oshirish masalasi boʻlib, ular amerikalik mutaxassislarni jalb qilgan holda taʼmirlash va sozlash ishlarida ishtirok etadilar. Birgalikdagi saʼy-harakatlar orqali yoshlarimiz dunyoda tan olingan elektr qurilmalarini boshqarish va ular bilan ishlash boʻyicha bilim va tajribalarini rivojlantirishga imkoniyat yaratildi.

Xitoyning jahonga mashhur “State Grid” korporatsiyasi tarkibidagi “China Electric Power Equipment and Technology Co., Ltd.” kompaniyasi bilan elektr stansiyalardagi yuqori kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalarini qurish va modernizatsiya qilish, yangi podstansiyalar qurib foydalanishga topshirish ishlarini olib borish belgilangan. Buning natijasida, Oʻzbekistondagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari tizimiga zamonaviy, shu bilan birga raqamli texnologiyalarni joriy etish, yangi ish oʻrinlarini yaratish imkoniyati vujudga keladi.

Shuningdek, “Oʻzbekenergotaʼmir” AJ yurtimizdagi elektr stansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish uchun import oʻrnini bosuvchi yuqori samarador va zamonaviy energoqurilmalarni mahalliy sharoitlarda ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni ham amalga oshirmoqda.

Bugun esa, “Oʻzbekenergotaʼmir” AJ mutaxassislari kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida elektr stansiyalarida tunu kun, sutkasiga 24 soat navbatchilik asosida faoliyat olib borishmoqda. Asosiy maqsad – bu elektr obyektlarining barqaror ishlashini taʼminlash, kutilmagan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hisoblanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 17:41
 
80
0
qalampir.uz

KXDR xakerlari kompaniyalardan maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashda ayblanmoqda

Shimoliy koreyalik xakerlar butun dunyo bo‘ylab kompaniyalardan maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashda ayblanmoqda. Bu haqda AQSH Milliy xavfsizlik agentligi, Buyuk Britaniya Milliy kiberxavfsizlik markazi va Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati qo‘shma hisobotida so‘z boradi. Bildirilishicha, Shimoliy Koreya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Andariel xakerlar guruhi (Apt45 nomi bilan ham tanilgan) tanklar, suvosti kemalari, jangovar samolyotlar, raketalar va radar tizimlari i

16 Jul 18:05
 
91
0
qalampir.uz

Bayden Trampni ikkinchi debatga chaqirdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga sentyabr oyida takroriy debat o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda Bayden NBC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Bildirilishicha, jurnalist Donald Tramp bilan ikkinchi debat o‘tkazishga rozi bo‘lasizmi, deb so‘raganda, AQSH Prezidenti bunga rozi ekani, sentyabrda Tramp bilan bahslashmoqchiligini aytgan. Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jo Bayden saylovdagi raqibi Donald Trampni

28 Jul 17:14
 
84
0
qalampir.uz

Isroil askarlari turkiyalik jurnalistlarga hujum qildi (video)

Kecha, 26 iyul kuni Isroil askarlari Turkiya jurnalistlariga hujum qilib, ularni kaltakladi. Bu haqda “Anodolu” xabar berdi. Nashrga ko‘ra, voqea Quddusdagi Al-Aqso masjidi oldida sodir bo‘lgan. Isroil kuchlari birinchi navbatda falastinliklarga hujum qilgan. Keyinroq hujumni tasvirga olgan TRT News guruhini nishonga olgan. Hodisa oqibatida TRT operatori jarohatlangan.   Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning jurnalistlarga qarshi so‘nggi hujumlarini qoralab,

15 Jul 12:02
 
50
0
qalampir.uz

Xitoy Rossiya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Xitoy kecha, 12 iyul kuni Rossiya bilan janubiy qirg‘oqlarida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi. Bu NATOning Vashingtondagi sammiti va Yaponiyaning Pekin va Moskva o‘rtasidagi yaqin aloqalar tufayli kuchayib borayotgan tahdid haqidagi ogohlantirishidan so‘ng ma’lum bo‘ldi. Xitoy Mudofaa vazirligi dengizda “O‘zaro hamkorlik 2024” mashg‘ulotlari iyul oyi boshida boshlangan va oy o