Toshkentda 8-sinf oʻquvchisining vafot etganiga tok urishi sabab boʻlgan — Bosh prokuratura


Aniqlanishicha, joriy yilning 27-noyabr kuni soat taxminan 18:15 atrofida Mirzo-Ulugʻbek tumani, 99-sonli umumtaʼlim maktabi 8-I sinf oʻquvchisi, 2009-yilda tugʻilgan A.A. shu maktab hovlisida sport maydonidan chiqib ketayotgan vaqtida boshi bilan yiqilib, ogʻzi koʻpirib, biroz titrab soʻng xushidan ketgan.
Maktab xodimlari tomonidan zudlik bilan tez tibbiy yordamga qoʻngʻiroq qilingan, oradan taxminan 15 daqiqa oʻtganidan soʻng u tez tibbiy yordam bilan 15-sonli Kardiologiya markaziga olib ketilgan. Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan A.A. shifoxonada vafot etgan.
STEnnii dastlabki xulosasiga koʻra, A.A.ning oʻlimi “Elektr jarohati, elektr toki yoyidan zaharlanish, oʻtkir nafas yurak qon tomir yetishmovchiligi, bosh miya va oʻpka shishi, chap qoʻl kaft sohasi elektr tamgʻasi” natijasida yuz bergan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, natijasiga koʻra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.
Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik
Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202
Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,
Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi
Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland