calendar 27 Nov 14:56
eye 87
comments 0
comments Manba: zarnews

Futbol: O'zbekistonlik o'smirlar Angliya terma jamoasini mag'lub etdi

image

Yigitlarimiz Osiyoning yagona vakili sifatida chorak finalda ishtirok etadi.

Hozirgina Indoneziyada davom etayotgan 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionatining nimchorak final o'yini yakunlandi. Mazkur bosqichda O'zbekiston o'smirlari futbol vatani bo'lmish Angliya vakillarini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalarida ustunlikni qo'lga olgan Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari 4-daqiqada Amirbek Saidovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib qoldi. Vaqt o'tishi bilan inglizlar ustunlikni o'z tarafiga og'dirdi. 36-daqiqada Ndala birga-bir vaziyatdan unumli foydalanib, hisobdagi muvozanatni tikladi.

Ikkinchi taymning 67-daqiqasida O'zbekiston sardori Lazizbek Mirzayev standart vaziyatdan unumli foydalanib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Shu bilan o'yinda hisob o'zgarmadi.

Shunday qilib, O'zbekiston o'smirlari Jahon chempionatidagi o'zining eng yaxshi natijasini takrorladi.

Endi O'zbekiston terma jamoasi chorak finalda Osiyoning yagona vakili sifatida Frantsiya-Senegal juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:16
 
31
0
xs.uz

Gandbolchilar o‘rtasida kuchlilar aniqlandi

Jumladan, joriy yilning 7-8-aprel kunlari Shofirkon tumani bosqichi uyushtirildi.Buxoro viloyati gandbol federatsiyasiga ko'ra, qizlar o'rtasida 'Qo'rg'oni Vardonze' mahallasi, yoshlar orasida 'Mirzoqul' mahallasi jamoasi g'olib chiqdi.Shuningdek, qizlar birinchiligida 'Jo'yrabod' MFY ikkinchi, 'Mirzoqul' MFY jamoasi uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Yoshlar musobaqasida esa sovrinli o'rinlarga mos ravishda 'Jo'yrabod' MFY va 'Tinchlik' MFY mahallalari gandbolchilari sazovor bo'lishdi.G'olib va s

15 Apr 07:06
 
45
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz debyut o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Quvonarlisi, ilk bor dunyo birinchiliklarida maydonga chiqqan yigitlarimiz Kuvaytni yirik 13:3 hisobida mag'lub etishdi.

22 Mar 08:55
 
62
0
xs.uz

“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi

Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.

04 Apr 16:20
 
30
0
xs.uz

«Olimpiada — 2036»: da’vogarlar ko‘p, ammo mezbonlik kimga nasib etadi?

Rasmiy manbalarning xabariga ko'ra, Hindiston Dehli hamda Agra shaharlarini asosiy nomzod sifatida ko'rsatib, ularning infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotir. Shu bilan birga, Turkiya davlati ham Olimpiadani o'tkazish istagini bildirgan. Misr esa Qohira yaqinida maxsus Olimpiya shaharchasi qurishni rejalashtirmoqda.Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashyapti. Yakuniy qarorni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi keyi