Oʻzbekiston chorvachilik sohasidagi muammolarni hal etishda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikka tayyor


Italiyaning Rim shahrida Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) qarorgohida ilk marotaba chorvachilikning barqaror transformatsiyasiga bagʻishlangan Butunjahon konferensiyasida ishtirok etayotgan mamlakatimiz vakili bu haqda xabar berdi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekistonning Italiyadagi elchixonasi koʻmagida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda.
Tadbirda Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotiga aʼzo davlatlar vakillari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy muassasalar, rivojlanish agentliklari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va xususiy sektor biznes vakillari, innovatsiyalar, yanada toʻyimli va xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻllari boʻyicha taqdimot oʻtkazmoqda.
Konferensiyaning asosiy maqsadi atrof-muhitga minimal taʼsir koʻrsatadigan arzon chorvachilik mahsulotlari va mahalliy sharoitga chidamli diversifikatsiyalangan chorvachilik tizimini rivojlantirishga hissa qoʻshishdan iborat.
Muloqot davomida chorvachilikning global, mintaqaviy va milliy darajadagi barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yoʻlida tarmoqni barqaror rivojlantirishning strategik yoʻnalishlari boʻyicha axborot va bilim almashinuvini taʼminlash, ilmiy, texnik va moliyaviy resurslarni safarbar etish hamda ustuvor yoʻnalishlarni aniqlash borasida aʼzo davlatlar oʻrtasida tajriba almashinuvi boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirda mamlakatimiz vakili ishtirokchilarga yurtimizda chorvachilik tarmogʻida amalga oshirilayotgan islohotlarni tanishtirdi va oʻz takliflarini bildirdi.
Xususan, muhokama qilingan masalalar, jumladan, bioxilma-xillikni oshirish, yer va suv resurslariga boʻlgan talabning ortib borishi va uning yechimini topishda kengroq muloqot zarurligini taʼkidladi.
Shu sababli kelgusidagi xalqaro loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirishda har bir mintaqaning tabiiy joylashuvi, demografik va iqtisodiy holatini hisobga olish lozimligini bildirdi.
Oʻzbekiston tomoni chorvachilik sohasidagi muammolarni hal etishda xalqaro hamjamiyat bilan har tomonlama hamkorlik qilishga tayyor ekanligi xususida maxsus bayonot berdi.
Rossiya Ichki ishlar vaziri foyda keltirmaydigan migrantlarni davlatdan chiqarib yuborishga chaqirdi
Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev Rossiya uchun 'foydasiz' boʻlgan migrantlar mamlakatni tark etishi lozimligini aytdi. Bu haqda 'RBK' xabar qildi.'Koʻchalarda va turar joy sektorida noqonuniy migrantlar boʻlmasligi kerak. Ishini yoʻqotganlar, OTMdan haydalganlar, daktiloskopiyadan oʻtmaganlar, til oʻrganmayotganlar, Rossiya jamiyatiga foyda keltirmayotganlar mamlakatimizni tark etishi kerak', degan vazir.IIV rahbari masʼullarni migrantlar oʻrtasidagi jinoyatchilikka qarshi
Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi parlamentlararo komissiyasining beshinchi majlisi Samarqandda boʻlib oʻtdi
2025-yil 12-may kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda ikki mamlakat oʻrtasidagi bugungi munosabatlar holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda, xususan, parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish masalasi asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi.Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni k
Shavkat Mirziyoyev JBIC boshqaruvchisini qabul qildi
Toshkent investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchisi Nobumitsu Xayasi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Yaponiyaning ushbu yetakchi moliyaviy instituti ishtirokidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish va qo'shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko'rib chiqildi.JBIC mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga hissa
Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi
Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda