Respublikamizda aholini xavfsiz va sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash holati qanday?


Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasida “Aholini toza va sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlanishi, shu jumladan tibbiyot muassasalarida suv taʼminotining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Yelena Borisova ochib berib, mamlakatimizda aholini, birinchi navbatda qishloq aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab oʻtdi.
Ichimlik suvi taʼminotini tashkil qilishda va ichimlik suvi tarmoqlaridan foydalanish jarayonida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etilmasligi, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda muammolarga sabab boʻladi, yaʼni aholi oʻrtasida yuqumli ichak kasalliklar tarqalishiga, hattoki suv orqali tarqaladigan yuqumli ichak kasalliklar boʻyicha favqulodda holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Suv manbalari va aholiga beriladigan suvni mikrobiologik va kimyoviy ifloslanishdan muhofaza qilishni taʼminlash borasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda uning hududiy boshqarma va boʻlimlari doimiy nazorat olib borish yoʻlga qoʻyilgan.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 112 ta sanitariya-gigiyena laboratoriyalarida suvni sanitariya-kimyoviy koʻrsatkichlar boʻyicha 201 ta bakteriologiya laboratoriyalarida, 15 ta virusologiya laboratoriyalarida va 17 ta oʻta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyalarida esa mikrobiologik koʻrsatkichlar boʻyicha ichimlik suvi laboratoriya tahlilidan oʻtkazib boriladi.
Respublikamizda aholi ichimlik suv bilan taʼminlovchi 960 ta kommunal va 4483 ta qishloq hamda idoraviy suv inshootlari roʻyxatga olingan. Ulardan 239 tasi yirik aholi punktlarini ichimlik suvi taʼminlovchi hisoblanadi va ochiq suv havzalaridagi suvlarni tozalash natijasida aholi ichimlik suv bilan taʼminlaydi, qolgan suv inshootlarida yer osti manbalaridan ichimlik suvini oladi.
Respublika boʻyicha 10526 ta davolash-profilaktika muassasalari (DPM) faoliyat yuritib, shulardan, Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi 360 tasi statsionar, 1196 ta oilaviy-shifokorlik punkti (OSHP), 1064 ta oilaviy poliklinika (OP), 209 tasi koʻp tarmoqli markaziy poliklinika (KTMP) va boshqa tibbiyot muassasalar faoliyat yuritib kelmoqda. Statsionar DPMlardan 30 tasi yuqumli kasalliklar shifoxonasi, 27 tasi perinatal markazlar va tugʻruqxonalar, 10 tasi pediatriya va bolalar shifoxonalari, 12 tasi ftiziatriya shifoxonalari, 15 tasi ruhiy va narkologik shifoxonalar, 7 tasi qishloq uchastka shifoxonalari (QUSH) va boshqa statsionar muassasalardir.
Faoliyat yuritayotgan 10562 ta DPMlarning 5964 tasi (56,7%) markazlashtirilgan ichimlik suv tarmogʻiga ulangan, 3510 tasi (33,3%) mahalliy, yaʼni oʻz hududidan chiqarilgan suv taʼminoti, yaqin hududlardagi ichimlik suv manbaidan tashib kelinadigan suv bilan taʼminlangan. Mahalliy inshootlardan ichimlik suvi taʼminlanayotgan muassasalarning aksariyatining binolari ichiga ichimlik suvi tarmogʻi kiritilmagan, tibbiyot xodimlari foydalanish uchun tashib olib kirishadi.
Davra suhbati davomida Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining raisi oʻrinbosari Maqsuda Vorisovaning “Aholini salomatligini saqlashda suvni ahamiyati hamda suv bilan taʼminlashdagi huquqiy asoslar haqida”, SanEPID qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Nurmat Atabekovning “Aholini toza va sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlanishi, shu jumladan tibbiyot muassasalarida suv taʼminotining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi” yuzasidan maʼruzalari tinglandi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, respublika aholisini toza va sifatli ichimlik suv bilan taʼminlash hamda oqova suv xizmatlarini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari qamrovini oshirish orqali ularning munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda sogʻligʻini saqlashga xizmat qiladi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan tadbirda yigʻilganlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Andijon tibbiyot institutiga universitet maqomi beriladi
Davlat rahbari tibbiyotda Andijon brendini yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi.Bu borada oʻtgan yili 650 oʻrinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga oʻtkazilib, uni taʼmirlash va jihozlashga 180 milliard soʻm berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni oʻzida ham oʻqish, ham amaliyot oʻtash imkonini beradi.Institutdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yoʻlga qoʻyish, klinika yoniga travmatologiya, ped
Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi
2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us
Bayramga munosib tuhfa
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si
Oʻzbekistonda Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanadi
Yangi O'zbekistonda 'Inson qadri uchun, inson baxti uchun' degan ezgu g'oya asosida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar tufayli xalqimiz farovonligini oshirish, ko'pmillatli jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash borasidagi ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilmoqda.Bularning barchasi bag'rikenglik, saxovat va shukronalik timsoli bo'lgan muborak Ramazon oyini mamlakatimizda tinch-totuv, fayzli va shukuhli muhitda o'tkazishda muhim ahamiy