calendar 30 Sep 12:22
eye 55
comments 0
comments Manba: xs

Shavkat Mirziyoyev “Ipak yoʻli durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi

image

Hurmatli kinofestival qatnashchilari!

Muhtaram mehmonlar!

Xonimlar va janoblar!

Avvalo, siz, azizlarni – dunyoning turli mamlakatlaridan diyorimizga tashrif buyurgan kino sanʼatining mohir ustalari, taniqli madaniyat va sanʼat arboblarini “Ipak yoʻli durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Oʻzbek xalqi azaldan oʻzining qadimiy tarixi, boy madaniyati, nafosat va goʻzallikka mehr va eʼtibori, jumladan, kino sanʼatini munosib qadrlashi bilan nom qozonib keladi. Milliy va jahon kino sanʼatining yetuk namoyandalari tomonidan yaratilayotgan yuksak saviyali filmlar yurtimizda odamlarning, birinchi navbatda, yoshlarning ongi va tafakkurini insonparvarlik, doʻstlik va hamjihatlik gʻoyalari asosida shakllantirishdek ezgu ishga katta hissa qoʻshmoqda.

Biz aynan mana shu omillarni hisobga olgan holda, 2021-yilda Toshkent xalqaro kinofestivalini “Ipak yoʻli durdonasi” degan yangi nom bilan qayta tiklab, uni “Tinchlik, maʼrifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida oʻtkazishni yoʻlga qoʻydik.

Oʻtgan qisqa vaqt ichida el-yurtimiz, millionlab tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olgan ushbu festivalning navbatdagi anjumani mamlakatimizda milliy kino sanʼatimizning 115-yillik sanasi keng nishonlanayotgan bir paytda boʻlib oʻtayotgani ramziy maʼnoga ega. Eng muhimi, Toshkent xalqaro kinofestivaliga boʻlgan eʼtibor va qiziqish dunyo miqyosida tobora ortib bormoqda.

Bu galgi kinoforumda jahonning 50 dan ortiq davlatidan qariyb 300 nafar isteʼdodli kino ustalari, qator xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etayotgani ham shundan dalolat beradi.

Soʻnggi yillarda Yangi Oʻzbekistonda barcha yoʻnalishlar qatori kinematografiya sohasini rivojlantirishga ham alohida ahamiyat qaratilib, uning zamonaviy infratuzilmasi va mustahkam moddiy-texnik bazasi yaratilmoqda.

Kino sanʼati vakillari, tizimda xizmat qilayotgan xodimlarning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish, sohada nodavlat sektorni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ijobiy natijasini bermoqda.

Bugun oʻz ishini boshlayotgan XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida oʻtkaziladigan filmlar namoyishlari, ijodiy uchrashuv va muloqotlar barcha ishtirokchilarga qizgʻin ijodiy kayfiyat va ilhom bagʻishlab, ularni yangi-yangi rejalar sari ruhlantiradi, deb umid bildiraman.

Shuningdek, navqiron kinoijodkorlar oʻrtasida qisqa metrajli filmlar yaratish boʻyicha tashkil etiladigan ijodiy tanlov ular uchun oʻziga xos tajriba va mahorat maktabi vazifasini oʻtashi shubhasiz.

Festival davomida sizlar Oʻzbekistonda nafaqat kinematografiya sohasida, balki barcha ustuvor yoʻnalishlarda inson qadri va manfaatlarini taʼminlash yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar bilan ham bevosita tanishish, sanʼatsevar xalqimiz bilan yaqindan muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻlasizlar.

Siz, azizlarni XV Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilishi bilan yana bir bor qutlab, ushbu anjuman chinakam sanʼat bayrami, tinchlik va doʻstlik ramziga aylanadi, deb ishonaman.

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam salomatlik, ijodiy yutuqlar, kinofestival ishiga esa muvaffaqiyatlar tilayman.

Shavkat Mirziyoyev,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:43
 
41
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistonda yuk mashinasi portlab ketdi

Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanida MAN yuk avtomobili portlab ketdi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 21-mart kuni soat 13:50 atrofida Toʻrtkoʻl tumani 'Guliston' MFY hududidagi ustaxonada MAN rusumli yuk avtomobilining yonilgʻi bakida payvandlash ishlari olib borilishi oqibatida portlash yuz bergan.Hodisa tufayli MAN va 'Ford' rusumli avtomobillar toʻliq, DAF rusumli avtomobilning orqa shinalari qis

04 Apr 16:19
 
38
0
xs.uz

“Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi“ birinchi sammitidan fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan uchrashuv o'tkazdi.O'zbekiston Prezidenti va YTTB rahbari strategik sheriklikning ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildilar.O'zbekiston va YeI yetakchilari iqtisodiy hamkorlikni tubdan kengaytirish muhimligini qayd etdilar.Samarqanddagi 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' sammitining birinchi kuni uchrashuvlarga boy va sermahsul bo'ldi.Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'

13 Apr 02:44
 
63
0
xs.uz

Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?

Qoʻmita maʼlumotlarida qayd etilishicha, joriy yilning 1-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonning doimiy aholisi 37,7 mln kishini tashkil etgan. Bu raqamlar oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda respublikaning doimiy aholisi soni 2 foizga oshganini koʻrsatadi.Keltirilishicha, Oʻzbekiston aholisi 2025-yil boshidan buyon 154,6 ming kishiga koʻpaygan. Bu mamlakatda aholi soni (joriy yilda) har oyi oʻrtacha 51,5 ming kishiga, har kuni esa oʻrtacha 1,7 ming kishiga koʻpaymoqda degan

16 Apr 09:11
 
22
0
xs.uz

Sunʼiy intellektda shaxsga doir maʼlumotlarga noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilanadi

Sunʼiy intellekt orqali shaxsga doir maʼlumotlarga noqonuniy ishlov berish va ularni OAV yoki Internetda tarqatish uchun javobgarlik belgilanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi maʼlum qildi.Unga koʻra, bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan ' sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan muhokama qilingan.Muho