calendar 29 Sep 10:52
eye 50
comments 0
comments Manba: zarnews

Ijtimoiy ahamiyatga ega viloyat miqyosidagi loyihalar uchun grant eʻlon qilindi

image

Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi "Yoshlarni maʻnaviy yetuk qilib tarbiyalash hamda bandligini taʻminlashda fuqarolik jamiyati institutlarini qo'llab-quvvatlash" mavzusida uchunchi davlat grantini ajratish uchun tanlov eʻlon qiladi.

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

- Yoshlarda, ayniqsa uyushmagan, tarbiyasi og'ir bo'lgan yoshlarda g'oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, bandligini taʻminlash, ularni jamiyatdagi moslashuviga ko'maklashish;
- O'sib kelayotgan avlodni maʻnaviy yetuk qilib tarbiyalash hamda bandligini taʻminlash, sportga keng jalb qilish, ularning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish.

- Sog'lom farzandlarni dunyoga kelishining muhim omili sifatida aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlashga, bolalarning tug'ma kassalliklar va nuqsonlar bilan dunyoga kelishining oldini olish va profilaktikasiga bag'ishlangan materiallar tayyorlash, aholi o'rtasida targ'ib etish, oila qurish yoshidagi yigit va qizlarning maʻnaviy-ruhiy jihatdan tayyorlashga, oilaning muqaddasligi va jamiyatning asosiy bo'g'ini ekanligini ularning ongiga singdirishga ko'maklashish;
- Viloyatda turizm sohasida yangi yo'nalishlarni targ'ib qilish, aholini ichki turizmga jalb etish orqali milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, turizm sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislarning tajribasini oshirishda yoshlarning ishtirokini kengaytirishga ko'maklashish;
- Nuroniylarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularning boy tajribasi, foydali maslahatlarini yoshlarga chinakam tarbiya maktabi sifatida singdirish.

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining https://t.me/samarqand_jamoat_fondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda to'ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi o'zgartish va qo'shimchalar bilan davlat ro'yxatidan o'tgan Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi guvohnoma nusxasi;

5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;

6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo'llab-quvvatlash xatlari.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 60 million so'mgacha.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
62
0
postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda

20 Mar 12:54
 
60
0
xs.uz

Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi

Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)