calendar 26 Sep 05:56
eye 46
comments 0
comments Manba: zarnews

"Birinchi raqamlilar maydonda": Hokim va sektor rahbarlari o'rtasidagi futbol musobaqasiga jamoatchilik eʻtibor qaratmoqda

image

Ehtimol, rahbarlar o'rtasidagi bunday musobaqalar ilk marta o'tkazilayotgani uchunmi shahar, tumanlar hokimlari va sektor rahbarlari ishtirokidagi mini futbol musobaqasi ijtimoiy tarmoqlarda ham iliq kutib olindi. Qolaversa, mazkur musobaqaning ayni paxta mavsumiga to'g'ri kelgani, ko'p yillar davomida masʻul tashkilotlar rahbarlari bu vaqtda dalada bo'lgani ham nazardan chetda qolmadi.

Xo'sh, tarmoqlarda baʻzan samimiy, goh yumor bilan kutib olingan bu musobaqa qanday tashkil etildi?

Musobaqa viloyat hokimi tomonidan shu yil avgust oyida tasdiqlangan nizomga asosan uyushtirilgan bo'lib,  viloyatda davlat idoralari rahbar xodimlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini va sportni keng targ'ib qilish, ularning hamkorligini yanada mustahkamlash, ish jarayonida bir-birlarini yaqindan tushunishlarini taʻminlash,  sport o'yinlari orqali barchani sog'lom turmush tarziga targ'ib qilish kabi maqsadlar ko'zlangan.

Viloyat hamda shahar, tumanlar 5 ta sektor rahbarlari va ularning o'rinbosarlaridan iborat jamoalar o'rtasida mini-futbol  bo'yicha  "Viloyat hokimi kubogi" bellashuvlari shu yilning 21 sentyabr kuni boshlandi.

Ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 4 ta hududda (Samarqand va Kattaqo'rg'on shaharlari hamda Ishtixon va Tayloq tumanlaridagi stadionlarda) o'tkaziladigan guruh bosqichida 17 jamoa ishtirok etdi.

Qurʻa natijalariga ko'ra,

"A" guruhidan Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Oqdaryo, Samarqand va Bulung'ur tumanlari;

"V" guruhidan Kattaqo'rg'on shahri, Paxtachi, Kattaqo'rg'on va Pastdarg'om tumanlari;

"S" guruhidan Tayloq, Jomboy, Qo'shrabot va Narpay tumanlari;

"D" guruhidan Ishtixon, Nurobod, Payariq va Urgut tumanlari jamoalari o'rin olgan.

Musobaqa jadvaliga asosan o'yinlar qizg'in davom etmoqda. Yarim final va final o'yinlaridan lavhalar tayyorlash ko'zda tutilgan. 

Final uchrashuvlari 6 oktyabr kuni Past Darg'om tumanidagi futbol maktabi o'yingohida o'tkaziladi va g'oliblar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
133
0
xs.uz

Namangan “O‘zbek botirlari” Gran-prisiga mezbonlik qildi

Bahslar yunon-rum va erkin kurash bo'yicha o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib vakillari ham qatnashdi. Bu orqali murabbiylar shtabi sportchilarimizning yil davomida kutib turgan jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarligini ko'zdan kechirib oldi.

04 Jun 02:45
 
143
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

13 Jun 00:40
 
36
0
xs.uz

“JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum

'A' guruhida Eron KXDRni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruh gʻolibiga aylandi. Oʻzbekiston esa Qatar ustidan yirik gʻalabaga erishib (3:0), mundialga yoʻllanmani muddatidan avval taʼminlab boʻlgan holda saralashni yuqori notada yakunladi. Qirgʻiziston va BAA oʻrtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, ammo bu natija ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmadi.'V' guruhida Janubiy Koreya va Iordaniya allaqachon toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiri

04 Jun 02:45
 
147
0
xs.uz

Nukusda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Qizg'in bahslarga boy bo'lgan musobaqa yakuniga ko'ra:16 ' 21 yoshlilar orasida:1-o'rin: Beruniy tumani 'Shabboz' MFY2-o'rin: Qorao'zak tumani 'Dosnazarov' MFY3-o'rin: Qo'ng'irot tumani 'Sanoat' MFY.22 ' 30 yoshdagilar orasida:1-o'rin: Mo'ynoq tumani 'Jayhun' MFY2-o'rin: Shumanay tumani 'Momiy' MFY3-o'rinni Xo'jayli tumani 'Uzumzor' MFY jamoalari egalladi.Musobaqa yakunida g'oliblar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom, qimmatbaho sovg'alar va O'zbekiston Respublikasi bosqichiga yo'llan