
Foto: “Xalq soʻzi”
Rossiya Federatsiyasining Astraxan shahrida VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi. Unda Kaspiyboʻyi davlatlari delegatsiyalari qatorida oʻzbekistonlik bir guruh jurnalistlar ham ishtirok etdi.
Mediaforumda mintaqa davlatlari oʻrtasida hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlashda ommaviy axborot vositalarining muhim oʻrniga oid bir necha mavzular boʻyicha soʻz yuritildi.
Shuningdek, media taʼlim va umuman yuqori professional jurnalist kadrlar tayyorlash borasidagi muammolar, tajriba, takliflar boʻyicha turli mamlakatlar vakillarining fikrlari tinglandi. Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori Gulnora Bobojonovning yurtimizda bu borada amalga oshirilgan va jurnalistika oliy taʼlimini yanada rivojlantirish boʻyicha bajarilayotgan keng koʻlamli ishlar haqida fikr yuritildi.
Shuningdek, keyingi yillarda media kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan maxsus Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etilgani, bir necha markaziy va mahalliy oliy oʻquv yurtlarida jurnalistika fakultetlari ochilgani haqidagi maʼlumotlar ishtirokchilar eʼtiborini tortdi. Shu bilan birga mamlakatimizdagi jurnalistlarni qayta tayyorlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar ham koʻpchilikda qiziqish uygʻotdi.
Ahmadali Shernazarov, “Xalq soʻzi”.
Rossiya Ichki ishlar vaziri foyda keltirmaydigan migrantlarni davlatdan chiqarib yuborishga chaqirdi
Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev Rossiya uchun 'foydasiz' boʻlgan migrantlar mamlakatni tark etishi lozimligini aytdi. Bu haqda 'RBK' xabar qildi.'Koʻchalarda va turar joy sektorida noqonuniy migrantlar boʻlmasligi kerak. Ishini yoʻqotganlar, OTMdan haydalganlar, daktiloskopiyadan oʻtmaganlar, til oʻrganmayotganlar, Rossiya jamiyatiga foyda keltirmayotganlar mamlakatimizni tark etishi kerak', degan vazir.IIV rahbari masʼullarni migrantlar oʻrtasidagi jinoyatchilikka qarshi
Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi parlamentlararo komissiyasining beshinchi majlisi Samarqandda boʻlib oʻtdi
2025-yil 12-may kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda ikki mamlakat oʻrtasidagi bugungi munosabatlar holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda, xususan, parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish masalasi asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi.Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni k
Shavkat Mirziyoyev JBIC boshqaruvchisini qabul qildi
Toshkent investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchisi Nobumitsu Xayasi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Yaponiyaning ushbu yetakchi moliyaviy instituti ishtirokidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish va qo'shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko'rib chiqildi.JBIC mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga hissa
Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi
Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda