Adliya: sud 2012 yilda snosga tushgan uy uchun 400 million so'm kompensatsiya undirish haqida qaror qabul qildi

Samarqand shahrida yashovchi I.M.ga tegishli uy davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilib, buzilishga tushgan va olib qo'yilgan yer uchastkasi uchun kompensatsiya to'lab berilmagan.
Viloyat adliya boshqarmasi fuqaroning murojaatini o'rganib chiqib, fuqarolik ishlari bo'yicha Samarqand shahar sudiga daʻvo arizasi kiritdi.
Aniqlanishicha, kompensatsiyaning bir qismi sifatida Samarqand shahar hokimining qarori bilan fuqaro I.M.ga "R.Hamroyev" jamoa xo'jaligi hududidan 600 kv. metr, o'g'li R.M.ga Samarqand arxitektura-qurilish institutiga yondosh yerlardan 400 kv.metr yer maydoni ajratilishi belgilangan bo'sa-da, yer uchastkalari ajratib berilmagan, shuningdek mutanosib shaklda yer uchastkasiga bo'lgan huquq narxi ham to'lanmagan.
Sud majlisida I.M. 2012 yilda buzilishga tushgan uy-joyi o'rniga shahar hokimligi boshqa uy-joy olishi uchun 173 mln. so'm ajratib bergan pul mablag'iga uy olib, ko'chib chiqqanini taʻkidlar ekan, Samarqand shahar hokimining 2012 yil 13 oktyabrdagi tegishli qarori ijrosi bo'yicha Samarqand shahar maʻmuriy sudiga bergan daʻvo arizasi ham qanoatlantirilganini maʻlum qildi. Biroq sud tomonidan hokimlikning harakatlari qonunga xilof deb topilgan bo'lishiga qaramay, qaror ijrosi bu holatda ham eʻtiborsiz qoldirilganini taʻkidladi.
Sudda ishtirok etgan hokimlik ishonchli vakili B.K. daʻvoni tan olmay, fuqaroga tovon tariqasida pul kompensatsiya va ikkita yer uchastkasi ajratib berish belgilangani, ammo nima sababdan ajratib berilmasdan qolib ketganidan xabari yo'qligini, bugungi kunda hokimlikda yer uchastkasi ajratib berish vakolati yo'qligini maʻlum qildi. Xususan, kompensatsiya ajratib berish qarorda nazarda tutilmagani, faqat yer maydoni ajratish belgilanganligini inobatga olib daʻvoni rad qilishni so'radi.
Sud, Samarqand shahar hokimligi hisobidan fuqaro I.M. foydasiga ajratib berilmagan yer uchastkasi uchun 113 753 000 so'm va R.M. foydasiga ajratib berilmagan yer uchastkasi uchun 302 719 000 so'm miqdorida pul kompensatsiya undirish haqida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda adliya boshqarmasi.
Dollar kursi pastlashda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'26,23 soʻmga'tushdi va'12 938,20 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'33,72'soʻmga'pastlab,'14 710,73'soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,23 soʻmga'oshdi va'159,51 soʻmni'tashkil qildi.
Dollar kursi 13 000 soʻmga yaqinlashdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'13,70 soʻmga'oshdi va'12 994,59 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'38,92 soʻmga'oshib,'14 761,85 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,99 soʻmga'tushdi va'157,68 soʻmni'tashkil qildi.
Prezident Andijonga investitsiya kiritmoqchi boʻlgan xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi
Bugungi yig'ilishda qayd etilganidek, bu yil Andijonda quvvati 24 megavatt, keyingi yil yana 20 megavatt bo'lgan jami 763 ta kichik va mikro GESlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.Xitoy kompaniyalaridan biri viloyatda mikro GESlar uchun kerakli uskunalarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqchi. Qayd etilganidek, qurilgan GESlarga 1-yil davomida bepul servis xizmati ko'rsatiladi.Kecha Bobur shahrida keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi e'lon qilingan edi. Ko'plab sarmoyadorlar
Poytaxtimizda “UzCharmExpo-EurAsia — 2025” xalqaro charm mahsulotlari ko‘rgazmasi ochildi
Poytaxtimizdagi 'O'zekspomarkaz' markaziy ko'rgazmalar majmuida 'UzCharmExpo-EurAsia ' 2025' charm, poyabzal, attorlik, mo'yna va qorako'l hamda mahalliylashtirilgan mahsulotlar 18-xalqaro ko'rgazmasi o'z ishini boshladi.'O'zcharmsanoat' uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, 'Xalq banki' hamkorligida tashkil etilgan ushbu xalqaro tadbirda Markaziy Osiyo hamda Italiya, Turkiya, Eron, Xitoy, Rossiya davlatlaridan 200 ga yaqin kompaniya o'z imkoniyatlarini namoyish etmoqda.Ko'rgazmaning tantanali ochil